ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yosh xotin-qizlar uchun master-klasslar tashkil etildi

🏛 Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Surxondaryo viloyat hunarmandchilik markazida yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida yosh xotin-qizlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, ishtirokchilar uchun milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy master-klasslar tashkil etilib, unda hunarmand ustalar tomonidan kasb sir-asrorlari, yangi dizayn ishlanmalari hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi.

🔹Yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, milliy uslubdagi qo‘l mehnati mahsulotlari va zamonaviy dizayn namunalari namoyish etilib, ularning yaratilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📌Mazkur uchrashuv yosh xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qildi.
👍54
#Intellektual_mulk

Tovar belgisi huquqiy himoya qilindi.

"Selena Marketing International" (Polsha) kompaniyasi murojaatiga asosan Vazirlik tomonidan huquqbuzar O.P. faoliyatida tekshiruv o'tkazildi.

Tekshiruv natijasida qurilish faoliyatida keng qo'llaniluvchi "TYTAN" tovar belgiligi germetik kley mahsulotining kontrafakt nusxalari sotilayotgani aniqlandi.

Qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi 1-qismiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Adliya_xabari

❗️Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari uchun seminar tashkil etildi

Seminar davomida mas’ul xodimlar tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotlar topshirilishining holati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, NNTlar tomonidan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni topshirish tartibi, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi hamda hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmaganlik, tadbirlar o‘tkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya etmaslik yoki qonunchilikda taqiqlangan tadbirlar o‘tkazganlik uchun qonunchilkda nazarda turulgan javobgarlik to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Seminar oxirida NNT vakillari tomonidan amaliyotdagi noaniqliklar va muammolar, shuningdek sohani takomillashtirish bo‘yicha qonunchilikka berilgan takliflari tinglandi.
👍32👏2🔥1
#Adliya_aralashgach

🔴 Andijonda fuqaroning ikki yillik muammosi adliya aralashuvi bilan hal etildi

🔹Paxtaobod tuman adliya bo‘limiga Uyg‘ur mahallasida yashovchi fuqaro I.N. o‘zining avvalgi lavozimiga qaytarilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

🔹Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining tegishli buyrug‘i asosida vaqtincha boshqa vazifaga o‘tkazilgani, biroq ikki yil davomida turli sabablar bilan o‘z lavozimiga qaytarilmay kelayotgani aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganish o‘tkazilib, tuman tibbiyot birlashmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda murojaatchini dastlabki ish joyiga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

📌 Natijada fuqaro o‘zining avvalgi lavozimiga tiklanishiga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1👍1