#Adliya_xabari
✅ Adliya vazirligida Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish, ularning faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida tadbirkorlar va xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Unda Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari hamda Koreya Respublikasi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.
🔹Muloqot davomida O‘zbekiston hududida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishining oldini olish, tovar belgilaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish hamda tadbirkorlarning ushbu yo‘nalishdagi muammolari muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, uchrashuv davomida intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilish, rasmiy distribyutorlik faoliyatini rivojlantirish, litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish hamda original mahsulotlar savdosini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Tadbirda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning amaliyotda duch kelayotgan muammolari tinglandi hamda mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔹Xususan, Samsung va LG kompaniyalari vakillari tomonidan kontrafakt mahsulotlar savdosi, noqonuniy import, tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish hamda onlayn savdo platformalarida intellektual mulk huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🔹Shuningdek, uchrashuv davomida intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilish, rasmiy distribyutorlik faoliyatini rivojlantirish, litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish hamda original mahsulotlar savdosini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Tadbirda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning amaliyotda duch kelayotgan muammolari tinglandi hamda mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.
📌 Uchrashuv yakunida intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi samarali choralarni kuchaytirish, huquq egalari va tadbirkorlar bilan tizimli hamkorlikni rivojlantirish hamda amaliy muloqotlarni muntazam davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1
#Yoshlar_kuni
#Toshkent_shahri
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida Chilonzor tumanidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori bilim namoyon etgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu loyihalar yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
#Toshkent_shahri
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida Chilonzor tumanidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori bilim namoyon etgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Natijalar:
1 – o‘rin – 178-sonli umumta’lim maktabining “Fenomen” jamoasi
2 – o‘rin – 179-sonli umumta’lim maktabining “Imperiya” jamoasi
3 – o‘rin – 201-sonli umumta’lim maktabining “Qizlar” jamoasi
Ushbu loyihalar yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍4❤1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ✅ Adliya vazirligida Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish, ularning faoliyatida…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤4
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi kitobxonlik va huquqiy savodxonlikka qaratildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida “Qizlar mutolaasi” loyihasi asosida “Rahbar va yoshlar” tadbiri tashkil etildi.
Viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv yoshlar, ayniqsa qizlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning huquqiy bilim va dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbirda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, kitobxonlikning inson ma’naviy kamoloti, mustaqil fikrlash va hayotda o‘z o‘rnini topishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun keng shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

❤5👍1