ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

Namanganda “Yoshlar sayli” tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi 95-son umumta’lim maktabida “Yoshlar sayli” tashkil etildi.

🔹Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o'tkazilgan tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir davomida bepul tibbiy ko‘rik, “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”, yoshlar ijodiy va texnik ishlanmalari ko‘rgazmasi hamda jangovar-ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

🔹Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

🔹Tadbir yakunida bir guruh yoshlarga ilk bor fuqarolik pasportlari va haydovchilik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

⚡️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus fillialida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

📌 Tadbir yakunida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan film namoyish etildi.
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3