#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
❗️ Andijonda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – “Yoshlar kuni” sifatida o'tkazilishi doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i, viloyat Prokurori, viloyat IIB boshlig'i, tuman hokimi hamda qator manfaatdor idoralar rahbarlari ishtirokida Asaka tumanidagi markaziy istirohat bog'ida tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar hamda aholi vakillari bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuv tashkil etilib, ularning muammo va tashabbuslari tinglandi.
✅ Uchrashuv avvalida, mas'ullar tadbir ishtirokchilari, adabiyot, san'at, sport hamda hunarmandlarning ko'rgazmalari bilan tanishdilar. So'ng qabul maydonida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kelgusi faoliyatlari yuzasidan yo'nalishlar berildi. Shuningdek, mas'ullar tomonidan bir qator aholi muorjaatlari tinglanib aksariyati qabulning o'zida hal etildi.
✅ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.
#Yoshlar_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥2👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
❤3👍3🔥1👏1😢1
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
#Intellektual_mulk
“G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
60 ga yaqin mahsulot turi va 300 dan ortiq an’anaviy naqshlarni o‘zida jamlagan G‘ijduvon kulolchiligi — milliy san’atimizning haqiqiy faxridir. Ushbu uch asrlik go‘zal an’anani bugun Narzullayevlar sulolasi munosib davom ettirmoqda.
Bugungi kunda sulolaning 6 va 7-avlod vakillari 140 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashib, o‘zbek madaniyatini dunyoga tanitmoqda. Eng muhimi, ular hamon qadimgi va sof texnologiyalardan foydalanishadi.
“G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Geografik ko‘rsatkich sifatida e’tirof etilishi nafaqat uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, balki mahsulot nufuzini oshirib, hududning madaniy va turistik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga yo‘l ochadi.
Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini, uning sifati va obro‘si aynan shu yerning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillariga bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤4
📣 Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilarining Buyuk Britaniyada qisqa muddatli stajirovkasi tashkil etilmoqda!
➡️ Mazkur stajirovka doirasida London shahri Advokatlar palatasi (Bar Council) vakillari hamda “Square Patton Boggs” yuridik firmasi vakillari bilan uchrashu va treninglar tashkil etildi.
⏺ Uchrashuvlar davomida Ingliz huquq tizimi, yuridik ta’limni rivojlantirish, advokatura faoliyati, xalqaro huquqiy amaliyot, zamonaviy yuridik xizmatlar bozori hamda professional malaka oshirish tizimlari yuzasidan fikr almashildi.
⚡️ Shuningdek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Mazkur stajirovka Institut tinglovchilarining xalqaro tajribani o‘rganishi, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish hamda yuridik ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
🖥 Shunga o‘xshash malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77
📱 minjusttraining.uz 📱 Facebook📱 Instagram 📱 Telegram
🖥 Shunga o‘xshash malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
❗️ Farg'onada sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etilmoqda
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, Oltiariq tuman hokimi va tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan Oltiariq tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.

👍4🔥2👏2❤1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
✅ Namanganda “Yoshlar sayli” tashkil etildi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi 95-son umumta’lim maktabida “Yoshlar sayli” tashkil etildi.
🔹Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o'tkazilgan tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Tadbir davomida bepul tibbiy ko‘rik, “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”, yoshlar ijodiy va texnik ishlanmalari ko‘rgazmasi hamda jangovar-ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
🔹Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
🔹Tadbir yakunida bir guruh yoshlarga ilk bor fuqarolik pasportlari va haydovchilik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
📌 Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

🔥2❤1