ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 
To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi shtabning ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 16-may kuni Adliya vazirligida respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov, Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari, shuningdek O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari Assosiasiyasi rahbariyati hamda 150 nafardan ortiq sud boshqaruvchilari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–78-son Farmoni va 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–172–son qarorining mazmun-mohiyati sud boshqaruvchilariga yetkazildi.

Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagimavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

Estatib o‘tamiz, yuqoridagi Prezident hujjatlari bilan Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi – To‘lovgaqobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilgan, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7
#Adliya_xabari
#sport

Adliya vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Adliya vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etildi

🔹Musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.

🔹Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro murosasiz va qiziqarli bahslarda maydonga tushib, yuqori sport mahorati, jamoaviy birlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

🔹Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

🔸Natijalar:
1-o’rin. Davlat xizmatlarining ko’rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi
2-o’rin. Adliya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi
3-o’rin. Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi


📌 Mazkur sport tadbiri adliya organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥4😢1
#Adliya_xabari

🔴 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

🔹Joriy yilning 15–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 532-son qarori ijrosi doirasida Adliya vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

🔹Tanlovning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

🔹Ishtirokchilar test sinovlari, huquqiy bilimlar bo‘yicha blits-savollar hamda taqdimot shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.

🏆 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — Qo‘chqorov Asliddin Imomovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 23-maktab

🥈 2-o‘rin — Sa’dullaeva Dilrabo Xayrullaevna
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 32-maktab

🥉 3-o‘rin — Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xususiy maktab


🏅 “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi g‘oliblari:

Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 65-maktab

Xoshimova Muxfira G‘afurjon qizi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-maktab

🏅 “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi g‘oliblari:

Ochilov Tolib Ixtiyor o‘g‘li
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 96-maktab

Yaxshimuratova Iroda Olimbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 40-maktab


🔹Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

📌 Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏85🔥3👍2