ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yashil_makon

♻️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani "G'alaba bog'i" hududiga tutash hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.

♻️ Hududlarni ko’kalamzorlashtirish va eko tizimni tiklash borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida 45 tup manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

♻️ Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, hududlardagi yashil maydonlar kengayib, ekologik vaziyat yaxshilanib boradi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏21
#Adliya_xabari

Respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 
To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi shtabning ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 16-may kuni Adliya vazirligida respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov, Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari, shuningdek O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari Assosiasiyasi rahbariyati hamda 150 nafardan ortiq sud boshqaruvchilari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–78-son Farmoni va 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–172–son qarorining mazmun-mohiyati sud boshqaruvchilariga yetkazildi.

Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagimavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

Estatib o‘tamiz, yuqoridagi Prezident hujjatlari bilan Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi – To‘lovgaqobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilgan, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7
#Adliya_xabari
#sport

Adliya vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Adliya vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etildi

🔹Musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.

🔹Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro murosasiz va qiziqarli bahslarda maydonga tushib, yuqori sport mahorati, jamoaviy birlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

🔹Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

🔸Natijalar:
1-o’rin. Davlat xizmatlarining ko’rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi
2-o’rin. Adliya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi
3-o’rin. Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi


📌 Mazkur sport tadbiri adliya organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥4😢1