#Adliya_xabari
⚡️Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun media-trening yakunlandi
📍 Samarqand shahrida Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbir media vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda davlat organlari va OAV o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
⚡️ Trening Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
⚡️Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun media-trening yakunlandi
🎯 Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini ommaga sodda va ta’sirchan yetkazish, shuningdek storytelling, mobil jurnalistika va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥1👏1
#Adliya_xabari
🔴 Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
🔹15-may — Xalqaro oila kuni arafasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limi mudirasi Aziza Mustafoyeva oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🔹Mazkur yuksak e’tirof munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasida tantanali tabriklash marosimi tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida Aziza Mustafoyevaning oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda FHDY organlaridagi samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔹Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF–87-son Farmoni bilan ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan jamiyatda namunali oilaviy muhitni shakllantirish va oila institutini mustahkamlashga hissa qo‘shgan oilalar taqdirlanadi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍6❤5👏2
#Adliya_xabari
#Yashil_makon
♻️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani "G'alaba bog'i" hududiga tutash hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.
♻️ Hududlarni ko’kalamzorlashtirish va eko tizimni tiklash borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida 45 tup manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.
♻️ Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, hududlardagi yashil maydonlar kengayib, ekologik vaziyat yaxshilanib boradi.

👏2❤1
#Adliya_xabari
Respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi shtabning ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 16-may kuni Adliya vazirligida respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–78-son Farmoni va 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–172–son qarorining mazmun-mohiyati sud boshqaruvchilariga yetkazildi.
Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagimavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

Davra suhbatida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov, Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari, shuningdek O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari Assosiasiyasi rahbariyati hamda 150 nafardan ortiq sud boshqaruvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–78-son Farmoni va 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–172–son qarorining mazmun-mohiyati sud boshqaruvchilariga yetkazildi.
Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagimavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.
Estatib o‘tamiz, yuqoridagi Prezident hujjatlari bilan Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi – To‘lovgaqobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilgan, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

❤7