ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Yoshlar_kuni

🔴 Surxondaryoda yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Termiz yoshlar texnoparkida yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbir Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida o‘tkazilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar, robototexnika yo‘nalishidagi ishlanmalar, ixtiro modellari va zamonaviy texnik qurilmalar bilan yaqindan tanishildi.

🔹Shuningdek, yoshlarga ixtirolarni qonuniy himoya qilish, mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, patent olish tartiblari hamda intellektual mulk sohasidagi huquqiy imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Yoshlar tomonidan yaratilgan modellar, robotlar va texnik ishlanmalar amaliy tarzda namoyish etilib, ularning ishlash jarayonlari ko‘rgazmali shaklda taqdim qilindi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ilmiy-amaliy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍8
#Adliya_xabari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

🔹Bugun, 14-may kuni Adliya vazirligida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-maydagi F–30-son farmoyishi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha Idoralararo komissiya hamda kodeksning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etilgan.


🔹Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, yuridik sohadagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilish davomida kodeksning yangi tahririda ustuvor yo‘nalishlar, ishchi guruh faoliyatini tashkil etish masalalari hamda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

🔹Shuningdek, kodeks loyihasini olimlar va amaliyotchi huquqshunoslar bilan hamkorlikda ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri loyihasini 2027-yil 1-aprelga qadar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Adliya_xabari
#Sayyor_qabul

🔴 Dehqonobodda sayyor qabul tashkil etildi

🔹Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Dehqonobod tumanining “Oqrabot” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Unda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

🔹Sayyor qabul davomida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, huquqiy muammolar hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, notinch oilalar bilan ishlash va profilaktik suhbatlar o‘tkazish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir davomida 60 nafardan ortiq fuqaro qabul qilinib, 20 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ish yurituviga olindi.
2