ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xotira va qadrlash — millat qadri


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Adliya vazirligi mas’ullari Gʻalaba bogʻidagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga hurmat bajo keltirilib, ularning jasorati hamda fidoyiligi alohida ta’kidlandi.


Xotira va qadrlash kuni — bu mardlik, jasorat va vatanparvarlik timsoliga aylangan insonlar xotirasiga cheksiz hurmat ifodasidir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
12👏7🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

Hamshiralarning ustama pullari undirib berildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1
📢 Diqqat!

Murojaatlar, xususan huquqiy masalalar hamda davlat xizmatlari yuzasidan savol va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 1008
📞 Telefon: +998 71 207-04-43
🌐 Veb-sayt:
https://gov.uz/adliya
📧 Elektron pochta:
info@adliya.uz
📢 Davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha Call-markaz: 1148
📍 Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5


💬Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaat yuborishingiz mumkin.

❗️ Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Sizning faolligingiz qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy veb-sayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌱 “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda

🔹Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.

🔹Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌 “Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3👍2
#Adliya_xabari

🔴 Samarqand viloyatida notariat va davlat hisobidan yuridik yordam tizimi faoliyati o‘rganildi

🔹Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Samarqand viloyatida notariat faoliyati hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va o‘rganishlar o‘tkazildi.

🔹Tadbirlar davomida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda advokatlar ishtirokida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni talablari asosida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni banklar orqali amalga oshirish (“eskrou” tizimi), onlayn notarial xizmatlar hamda ijro xatlarini yozish amaliyoti tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi faoliyati, sud va tergov organlaridan kelib tushayotgan so‘rovlarni qabul qilish jarayoni hamda advokatlar faoliyatini yanada faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Yakunda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, sohaga zamonaviy xizmatlarni keng joriy qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔴 Farg‘onadagi ikki kunlik o‘quv trening yakunlandi

🔹Adliya vazirligi tomonidan Farg‘ona shahrida tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv trening yakuniga yetdi.

🔹Mazkur trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni zamonaviy media yondashuvlari asosida yoritish, raqamli kommunikatsiya, kontent tayyorlash hamda fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan amaliy va nazariy ko‘nikmalar berildi.

🔹Shuningdek, trening davomida ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar, tajriba almashuvlari va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

📌 Mazkur o‘quv trening media vakillari va blogerlarning davlat xizmatlari sohasidagi huquqiy islohotlarni aholiga sodda, tezkor va sifatli yetkazish borasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
👍7🔥3👏21
📢Diqqat, e'lon!

"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" ko'rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakunlandi. Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari va g'oliblari munosib taqdirlandi.

🏆“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining RESPUBLIKA bosqichi 15-16-may kunlari o'tkaziladi.

Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:
📍1-shart test savollari;
Test natijalariga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar o'qituvchilar tanlovning keyingi shartlarida qatnashadilar.
📍2-shart blits savol-javoblar (maksimal 15 ball);
Bunda ishtirokchilar uchtadan blits savollarga javob beradi. Har bir to'g'ri javob 5 baldan baholanadi.
📍3-shart taqdimot (maksimal 30 ball);
Barcha shartlar natijasiga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan
3 nafar ishtirokchilar tanlovning tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritadilar.

📌ESLATIB O'TAMIZ
Ko'rik-tanlov g'oliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍2🙏2