ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

NAVOIY: QISHLOQQA KITOB KARVONI

📍Navoiyda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"ning navbatdagi manzili Nurota tumani.

"Yangiobod" qishlog'i tumanning olis hududlaridan biri. Bu yerda aholi asosan chorvachilik bilan kun kechiradi. Qishloqda 33-sonli umumta'lim maktabi joylashgan bo'lib, ayni paytda ta'lim muassasasida 400ga yaqin yosh tahsil olmoqda. Maktabga "Qishloqqa kitob karvoni" shiori ostida adliya boshqarmasi tomonidan badiiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.

🔖Shundan so'ng, adliya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan muloqot o'tkazdi. Suhbatda yoshlar masalasi, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari o'rganildi.

✔️Tadbir "Zakovat" intellektual o'yiniga ulandi. Huquqiy, ijtimoiy-iqyisodiy, fan, adabiyot, san'at va tarix singari turli mavzularni qamrab olgan mazkur bellashuv yosh bilmdonlarni bir davraga jamladi. Tadbir yokunida ishtirokchilarga esdalik sovg'alar tooshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Adliya_xabari

❗️"Yoshlar kuni" doirasida "Qishloqqa kitob karvoni" loyihasi amalga oshirildi.

🗣️ Payshanba - “Yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan Qórg'ontepa tumani "Ustoz" MFYdagi yoshlarning muammo va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, "Qishloqqa kitob karvoni" loyihasi doirasida ilmiy hamda badiiy kitoblar jamlanmasi hudduddagi o'quvchi yoshlarga taqdim qilindi.

🖥Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Farg‘onada nuroniylar uchun sayyor qabul o'tkazildi

Qabul 9-may - Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabari bilan Dang‘ara tumanidagi "Kichik turk" mahallasida tashkil etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5🔥1👏1🎉1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Adliya vaziri o‘rinbosari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Yashnobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Unda Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev tomonidan yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🔹Xususan, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, munosib ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar bandligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida amaliy choralar belgilab olindi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍3🔥2
#Adliya_xabari

📌Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Xudayberdiyev Abdiraxim Xudayberdi o‘g‘li joriy yilning aprel oyi uchun “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb topildi.

🖥Abdiraxim Xudayberdiyev 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bakalavr bosqichini, 2014-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2017-yilda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2017-2018-yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i
▪️2018-2023-yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i;


🗣️2023-yildan buyon Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Abdiraxim Xudayberdiyev tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan 42 ta ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ko‘rib chiqilgan, nodavlat notijorat tashkilotlarining 56 ta tadbirlari tahlil qilingan, 13 ta nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish yuzasidan arizalari ko‘rib chiqilgan, rahbariyat tarkibi a’zolari va NNT rekvizitlarini o‘zgartirish yuzasidan 16 ta arizalar ko‘rib chiqish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.


☄️Vazirlik jamoasi Abdiraxim Xudayberdiyevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105🔥5🎉2