ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴 Farg‘onada notarial ijro xatlari yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi

🔹Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida sud, MIB, Markaziy bank hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹Seminarda viloyat adliya boshqarmasi, sud organlari, tijorat banklari, suv, gaz va elektr ta’minoti korxonalari hamda sohaga oid boshqa tashkilotlar mas’ullari иштирок etdi.

🔹Tadbir davomida notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya etilishi holati tanqidiy muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Seminar davomida amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilib, qonunchilik talablarini bir xilda qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍41🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

Komissiya qarori bekor qilindi


Uchqoʻrgʻon tumani "Uchyogʻoch" mahallasida yashovchi fuqaro G. J.ning yoshga doir pensiya toʻlovidan norozi boʻlib yozgan murojaati tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi.


👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏2👍1🔥1
#Adliya_xabari

🗓 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov hamda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurovlar ishtirok etishdi.

⚖️ O‘tkazilgan yig‘ilishda notariuslarga banklar orqali oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga oshirish (“eskrou”), onlayn notarial harakatlar hamda ijro xatlarini yozish holatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

🖊 Notariuslar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar eshitilib, ularning yechimlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
#Adliya_aralashgach
#Samarqand_viloyati

‼️Pedagoglarga 20 000 000 so'mdan ziyod ustama pullari to‘lab berildi

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro J.Q va Sh.Mning tumandagi 72 va 82-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari sifatida faoliyat yuritib, ularga belgilangan ustama haqlari to'lanmayotganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.

➡️ Batafsil 👉https://telegra.ph/Adliya-aralashgach-05-06-2

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1😢1
#Adliya_xabari

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida jinoyatchilikka
qarshi kurashish muhokama qilindi

Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Adliya vaziri A.J.Tashkulov, Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X.Eshmuratov, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi B.T.Rahmankulov, tuman prokurori, ichki ishlar boshlig‘i, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.


❗️Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar, shu jumladan tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔗Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
#Matbuot_anjumani

Markaz faoliyati bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi


Bugun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobot yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o’tdi.

Tadbirda Lex.uz sayti faoliyati, bugungi kunda saytning dunyo bo‘ylab keng qamrovi, normativ hujjatlarning yangilanishi, platformaga o‘zbek tili va boshqa tillarda hujjatlar joylashtirilgani bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, “Huquqiy axborot” rasmiy telegram kanali faoliyati hamda huquqiy axborotni yetkazishdagi boshqa innovatsion loyihalar, shu jumladan, sunʼiy intellekt asosida xizmat koʻrsatuvchi “LexAI” platformasi imkoniyatlari bo’yicha ma’lumot berib o’tildi.

Shu bilan birga, “Inson va Qonun” gazetasi hamda “Huquq va Burch” jurnali birlashgan tahririyatining faoliyati, xorijiy aloqalar sohalarini isloh qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda Markaz tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqboldagi loyihalar to’g’risida ham axborot berildi

Tadbir so‘ngida, zamonaviy raqamli xizmatlar va axborot tizimlarini rivojlantirish borasidagi yangiliklar taqdim etildi, mavjud muammolar muhokama qilindi, mutaxassislar va OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥3