ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozori faoliyatini tartibga solish ishlari bilan tanishdi.

📋Tadbir davomida bozorda amalga oshirilgan quydagi ishlar ko‘rib chiqildi:

☑️Bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi;
☑️Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash yo‘nalishida - naqd pul aylanmasini nazorat qilish va savdo jarayonlarining shaffofligini ta‘minlash choralari ko‘rilganligi;
☑️ Savdo operatsiyalarining to‘liq raqamlashtirilganligi hamda nazorat-kassa texnikalaridan amalda to‘liq foydalanilayotganligi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7👏5👍4
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nizosiz ishlarni hal etish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
1. BHMning 1 ming baravarigacha (412 mln so‘mgacha) bo‘lgan ayrim nizosiz ishlarni notariuslar tomonidan ijro xati yozish orqali ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda.

Notarial tasdiqlangan bitimlar, undiruvni qarzdorning ko‘char mol-mulkka qaratish va ijara, aloqa, kommunal xizmatlar hamda majburiy badallar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan talablar.
“Notarius” axborot tizimi kommunal tashkilotlarning bazalariga integratsiya qilingan va notariuslar tomonidan kommunal xizmatlar, chiqindilar, majburiy badallar bo‘yicha real qarzdorlikni tekshirgan holda ijro xati yozish imkoniyati mavjud.


2. Notariuslar tomonidan qayd etilgan ijro xatlari ijro organiga elektron tarzda yuboriladi.

3. Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori belgilanmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6👍4
#Adliya_xabari

🔴 TDYUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

🔹Joriy yilning 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida talaba-yoshlar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbirda Adliya vazirligi va uning tizimidagi muassasalar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari faol ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔹Tadbir davomida yoshlarga adliya tizimida yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yo‘nalishlari, “karyera moduli” hamda adliya organlariga ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning adliya organlarida faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishi o‘rganilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni kasbiy yo‘naltirish hamda malakali kadrlarni adliya tizimiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍32🔥2