Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” bozori faoliyati bilan tanishdi
Tadbir davomida bozor infratuzilmasi, savdo jarayonlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi o‘rganildi.
Tumandagi mas'ullar va bozor ma'muriyatiga bozor faoliyatini tartibga solish, savdo jarayonlarini shaffof tashkil etish va naqd pul aylanmasini nazorat qilish orqali yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to‘liq foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤4
#Xalqaro_hamkorlik
🔴 O‘zbekiston – Yaponiya: adliya sohasida hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
🔹Adliya vazirligida Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Unda adliya vaziri A.Tashkulov, Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining raisi U.Shermatov hamda Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔹Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumlar, qo‘shma dasturlar va muntazam tashriflar orqali mustahkamlanib bormoqda.
🔹Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish hamda huquqiy targ'ibot sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi uchrashuvlarni davom ettirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan kelishib oldi.
📌 Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤3
#Xalqaro_hamkorlik
🔴 Huquq ustuvorligini ta’minlash: xalqaro loyiha doirasida muhim uchrashuv o‘tkazildi
🔹Adliya vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda huquq ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasida milliy hamkorlar va benefitsiarlar ishtirokida qo‘shma uchrashuv tashkil etildi.
🔹Tadbirda adliya vazirining o‘rinbosari M.Ikramov, Finlyandiya TIV vakili Katya Hirvonen, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov, shuningdek, vazirlik va idoralar mas’ullari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda loyiha benefitsiarlari ishtirok etdi.
🔹Tadbir davomida loyiha doirasida erishilgan natijalar, xususan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
🔹Xususan, so‘nggi yillarda 2 milliondan ortiq fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatilgani, ushbu yo‘nalishda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani qayd etildi.
🔹Shuningdek, loyiha doirasida seminar, trening va davra suhbatlari, xalqaro konferensiyalar tashkil etilib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.
🔹Uchrashuvda kichik grantlar dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalar natijalari, xususan ayollar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
📌 Mazkur loyiha O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

❤6👍3🔥3
Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozori faoliyatini tartibga solish ishlari bilan tanishdi.
📋Tadbir davomida bozorda amalga oshirilgan quydagi ishlar ko‘rib chiqildi:
☑️Bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi;
☑️Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash yo‘nalishida - naqd pul aylanmasini nazorat qilish va savdo jarayonlarining shaffofligini ta‘minlash choralari ko‘rilganligi;
☑️ Savdo operatsiyalarining to‘liq raqamlashtirilganligi hamda nazorat-kassa texnikalaridan amalda to‘liq foydalanilayotganligi.

❤7👏5👍4