ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 1-may kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 31 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, advokatura, mehnat qonunchiligi, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati, davlat xizmatlari va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi joyida qanoatlantirildi, 7 tasi joyida hal etilib huquqiy tushuntirish berildi. 16 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
Forwarded from QR Adliya, Huquqiy axborot sho'basi
#Adliya_xabari

📣Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov, bo‘lim boshlig‘i J.Uzakov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi notarial palatasi raisi D.Ashurov Qoraqalpog‘iston Respublikasida foaliyat yuritayotgan notariuslar faoliyatlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

🔹Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish, notariat sohasini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi muhokama qilinib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar, amaliyotda uchrayotgan masalalar, fikr-mulohazalar tinglanib, notariuslarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from QR Adliya, Huquqiy axborot sho'basi
#Adliya_xabari

📣Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari S.Asanov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov, bo‘lim boshlig‘i J.Uzakov, shuningdek, Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i B.Arzimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan advokatlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Vazirlar Mahkamasining 774-sonli qarori talablari, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1