ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida yoshlar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokamada

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari F. Ashmatov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Farzandlikka olingan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlar va talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari yuzasidan fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi va ulardan muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflar olindi.

Shuningdek, tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3👏2👍1🎉1
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Qoraqalpog‘iston Tibbiyot institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Prenov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlar hamda kelajak rejalari yuzasidan fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

🔹Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularning muammolariga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, tazyiq, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etganlik uchun javobgarlik belgilanganligi haqida tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍2🔥2
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Andijonda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Andijon davlat texnika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda adliya boshqarmasi rahbariyati, Mudofaa vazirligi faxriylari, institut mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini tinglashga qaratildi.

🔹Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar siyosati ustuvor yo‘nalish ekani, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar alohida ta’kidlandi.

🔹Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida energetik ichimliklarning zararli oqibatlari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
🔥6👍1
#Adliya_aralashgach

🔴 Fuqaro foydasiga 37 million so‘mdan ortiq ish haqi undirildi

🔹Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limiga fuqaro tomonidan bajargan qo‘shimcha vazifalari uchun to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirish yuzasidan murojaat kelib tushdi.

🔹Murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Natijada, sudning tegishli qaroriga asosan fuqaro foydasiga 37 732 578 so‘m miqdoridagi ish haqi undirilishi belgilandi.

📌 Mazkur holat har bir fuqaroning mehnati munosib baholanib, huquqlari adliya organlari tomonidan ishonchli himoya qilinishini yana bir bor tasdiqlaydi.
🔥32👍1
#Adliya_xabari

Mazkur sessiyada “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Natijada, jami 1015 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Namanganda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan shaxslar 6845 nafarga yetdi.

Batafsil👈
🔥2
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 41 mln so‘m jarimaga tortildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, adliya organlari tomonidan “ТД ГраСС” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyasining “AZELIT” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “D.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “D.S.”MChJ tomonidan “AZELIT” tovar belgisiga fonetik va tasviriy jihatdan o‘xshash bo‘lgan “NEXX AZILET” belgili kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi hamda saqlovda 475 dona mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “D.S.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarida, ya’ni 41 mln. so‘m jarima qo‘llanildi hamda “AZELIT” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatish majburiyati yuklandi.

Shuningdek, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 24-apreldagi hal qiluv qarori bilan adliya organlari tomonidan “D.S.” MChJga nisbatan qo‘llanilgan 41 mln. so‘m jarima undirilishi belgilandi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🔥21