ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.

Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.

Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx

У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.

Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.

Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:

Telegram: t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram: instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook: facebook.com/share/1AznLKkuSx

Facebook|
Instagram|X
1
#Yoshlar_kuni

Yoshlar kuni: sog'lom hayot sari shiori ostida o'tkazildi.

Bugun “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi uchrashuv Navoiy shahridagi 23-sonli umumta'lim maktabida Adliya boshqarmasi boshlig'i ishtirokida bo'lib o'tdi.

O‘quvchi yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan sport tadbirlari o‘tkazildi.

Dastlab, shaxmat va sashga o'yinlari, shuningdek milliy o'yinlarimiz bo'lgan beshtosh, arqon tortish hamda kurash bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, yoshlar o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#Adliya_xabari
#maqola

Shartnoma ortidagi firibgarlik: muammo va yechimlar tahlili

So‘nggi yillarda shartnoma niqobi ostida amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari ortib bormoqda. Bu esa amaldagi huquqiy yondashuvni qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.

Mazkur maqolada firibgarlikni baholashda formal yondashuv muammolari, xorij tajribasi hamda takomillashtirishga oid muhim takliflar tahlil qilingan.

📖 Batafsil 👉https://gov.uz/oz/adliya/news/view/159918
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Xususan, Uchko‘prik tumanidagi o‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ochiq va samimiy muloqot yo‘lga qo‘yildi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olib, o‘z fikr va takliflarini erkin bildirdi.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish hamda huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
👍6🔥2👏2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Qoraqalpog‘istonda yoshlar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokamada

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Mazkur uchrashuv bojxona boshqarmasida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

🔹Uchrashuvda adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A. Prenov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari yuzasidan fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔹Shuningdek, tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5