#ochiq_eshiklar_kuni
🔴 Adliya vazirligida bo‘lajak yuristlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
🔹Bugun Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, unda 120 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
🔹Tadbir davomida ishtirokchilar vazirlikning asosiy yo‘nalishlari, huquqiy siyosatni shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, tizimda joriy etilgan zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Shuningdek, yoshlar Adliya vazirligi kutubxonasi va adliya muzeyiga tashrif buyurib, sohaning boy tarixiy merosi, huquqiy adabiyotlar fondi hamda amaliy faoliyatga oid manbalar bilan tanishdi.
🔹Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limlari faoliyati, xususan, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (YXKM) hamda FHDY organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Tadbir yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob oldi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
📌 “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarni kasbiy yo‘naltirish, ularni adliya tizimiga jalb etish hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔹Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — bo‘lajak yuristlarni adliya tizimi faoliyati, unda olib borilayotgan islohotlar hamda amaliy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularni kasbiy jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
🔹Tadbir davomida ishtirokchilar vazirlikning asosiy yo‘nalishlari, huquqiy siyosatni shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, tizimda joriy etilgan zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Shuningdek, yoshlar Adliya vazirligi kutubxonasi va adliya muzeyiga tashrif buyurib, sohaning boy tarixiy merosi, huquqiy adabiyotlar fondi hamda amaliy faoliyatga oid manbalar bilan tanishdi.
🔹Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limlari faoliyati, xususan, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (YXKM) hamda FHDY organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Alohida ta’kidlanganidek, adliya tizimida joriy etilgan “karyera modeli” yosh mutaxassislar uchun shaffof va aniq rivojlanish yo‘lini belgilab beradi. Talabalarga ishga qabul qilish tartibi, lavozimda o‘sish imkoniyatlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mavjud ijtimoiy imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔹Tadbir yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob oldi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
📌 “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarni kasbiy yo‘naltirish, ularni adliya tizimiga jalb etish hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥5❤2
Forwarded from UNICON SOFT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“E-huquqshunos” bilan masofalar qisqarmoqda
👍 Toshkent shahridagi 5-sonli maktabda Adliya vazirligi va “Unicon Soft” mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tizimga kiritilgan yangi innovatsion yechimlar va mobil ilova imkoniyatlari tanishtirildi.
Nega mobil ilovadan foydalanish shart?
🔵 Masofadan foydalanish: Buyruq, shartnoma va boshqa yuridik hujjatlarni istalgan joyda — yo‘lda yoki tushlikda ham tasdiqlash mumkin.
🔵 Tezkorlik: Xodimlarni identifikatsiya qilish va kerakli ma’lumotlarni topish jarayoni maksimal darajada soddalashtirilgan.
🔵 Vaqtni tejash: Endi maktab, shifoxona yoki boshqa budjet tashkiloti xodimlari o‘z hujjatlari bilan tanishish uchun ish joyida bo‘lishlari shart emas.
Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha mutaxassislardan bevosita javob olishdi.
🌐 LinkedIn | 📹 YouTube | 📱 Instagram | 🕊 Telegram
Nega mobil ilovadan foydalanish shart?
Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha mutaxassislardan bevosita javob olishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2
ADLIYA YANGILIKLARI
#ochiq_eshiklar_kuni 🔴 Adliya vazirligida bo‘lajak yuristlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi 🔹Bugun Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, unda…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5🔥4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#intellektual_mulk
Intellektual mulk sohasida hamkorlik va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
Mutaxassis: Intellektual mulk huquqini himoya qilish boshqarmasi bo'lim boshlig'i — Sharof Abdumalikov
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
#intellektual_mulk
Intellektual mulk sohasida hamkorlik va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
Mutaxassis: Intellektual mulk huquqini himoya qilish boshqarmasi bo'lim boshlig'i — Sharof Abdumalikov
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤2👍1🔥1
#Adliya_xabari
🔴 Moskvada xalqaro anjuman: O‘zbekiston notariati tajribasi e’tirof etildi
🔹O‘tgan hafta Moskva shahrida Rossiya notariati tashkil etilganining 160 yilligi munosabati bilan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Notarial palatasi delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
🔹Anjuman davomida O‘zbekiston notariat tizimi qisqa muddatda xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallagani, amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholiga yaratilgan qulayliklar alohida e’tirof etildi.
🔹Xususan, Palata raisi Dilshod Ashurov tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekistonning zamonaviy notariati – raqamlashtirish va islohotlar” mavzusidagi ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
🔹Shuningdek, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda notariat tizimini takomillashtirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston delegatsiyasi Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
📌 Mazkur anjuman notariat sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or tajribalarni almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

❤2👍1
#Adliya_aralashgach
🔴 25 nafar hamshiraning mehnat huquqlari tiklandi
🔹Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida Fuqaro M.Suyunova, N.Baxriddinova hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat yuritayotgan 25 nafar hamshiralarning mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq murojaatlari adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganildi.
🔹O‘rganishlar davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 25 nafar hamshiraning ustama to‘lovlari to‘liq amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
🔹Mazkur holat Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.
💰 Natijada jami 24 889 725,25 so‘m miqdoridagi ustama pullarini undirish ta’minlandi.
📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

❤1
#Adliya_aralashgach
🔴 Tadbirkorga nisbatan qo‘llangan asossiz jarima bekor qilindi
🔹Fuqaroning asossiz moliyaviy jarima qo‘llanilgani yuzasidan qilgan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
🔹O‘rganish davomida tadbirkorga tuman soliq organlari tomonidan qo‘llanilgan jarima qonunchilik talablariga zid ravishda rasmiylashtirilgani aniqlandi.
🔹Adliya bo‘limi tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan asossiz moliyaviy jarima bekor qilinishiga erishildi.
📌 Adliya organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, noqonuniy aralashuvlarning oldini olish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👉 Batafsil: https://telegra.ph/Adliya-aralashuvidan-song-asossiz-jarima-bekor-qilindi-04-27-2
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔴 Tadbirkorga nisbatan qo‘llangan asossiz jarima bekor qilindi
🔹Fuqaroning asossiz moliyaviy jarima qo‘llanilgani yuzasidan qilgan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
🔹O‘rganish davomida tadbirkorga tuman soliq organlari tomonidan qo‘llanilgan jarima qonunchilik talablariga zid ravishda rasmiylashtirilgani aniqlandi.
🔹Adliya bo‘limi tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan asossiz moliyaviy jarima bekor qilinishiga erishildi.
📌 Adliya organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, noqonuniy aralashuvlarning oldini olish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👉 Batafsil:
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍3
©️Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Eurasian Broadcasting Enterprise Limited” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “Setanta Sports” telekanallarining “DUDEK” umumiy ovqatlanish muassasasida ruxsatsiz ravishda ommaviy namoyish etilgani yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi.
✅ Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.
⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177¹-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
📢 Shu o‘rinda asarlar va turdosh huquq obyektlaridan umumiy ovqatlanish joylarida foydalanishda mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy rioya qilinishini so‘raymiz!
Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2😢2👏1
#Adliya_aralashgach
🔴 20 yildan so‘ng M. Ochilovaning uyga egalik huquqi tiklandi
🔹Fuqaro M. Ochilova 2005-yildan buyon Yangiyer shahridagi
“T. Malik” mahallasida joylashgan xonadonda yashab kelgan. U mazkur uyda mehnat qilib, uni ta’mirlab, kommunal to‘lovlarni muntazam amalga oshirib kelgan bo‘lsa-da, bu holat hujjatlarda o‘z aksini topmagan edi.
🔹Mazkur murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘planib, qo‘shnilar tushuntirishlari hamda mahalla dalolatnomalari bilan tasdiqlandi.
🔹Qonunchilikka ko‘ra, shaxs ko‘chmas mulkka 15 yildan ortiq muddat davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan taqdirda, mazkur mulkka nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.
🔹Shundan kelib chiqib, adliya bo‘limi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
🔹Natijada sud qarori bilan M. Ochilovaning ushbu xonadonga nisbatan mulk huquqi rasman e’tirof etildi.
📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

❗️ Adliya vaziri - Farg'onada
Adliya vaziri A.Tashkulov Farg'ona viloyati Dang'ara tumanidagi Davlat xizmatlari markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Davlat xizmatlari markazi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati bo‘yicha faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, yuridik xizmat ko'rsatish sohasi va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

👍18🔥6❤2👏2