ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Toshkentda yoshlar bilan ochiq muloqot: takliflar va tashabbuslar muhokamada

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olib, o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolariga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.
2👍1🔥1
#Intellektual_mulk

Joriy yil 24-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuniga bag‘ishlangan “Raqamlashtirish sharoitida intellektual mulk huquqining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

📍 Tadbir Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, Patent vakillari assotsiatsiyasi, mualliflar, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔎 Anjuman ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar intellektual mulkning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni tobora ortib borayotgani, ayniqsa raqamlashtirish sharoitida ushbu sohani rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

💬 Tadbir davomida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi:
— elektron tijoratda tovar belgilarini himoya qilish mexanizmlari;
— patentlarni tijoratlashtirish va innovatsiyalarni iqtisodiyotga joriy etish;
— mualliflik va turdosh huquqlarni samarali himoya qilish;
— telekommunikatsiya tarmoqlarida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat;
— noqonuniy kontentga qarshi kurashish usullari;
— ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar.

🧠 Shuningdek, soha mutaxassislari o‘rtasida fikr almashish, tajriba bo‘lishish hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan muhokamalar tashkil etildi.

🏆 Anjuman doirasida intellektual mulk sohasida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh vakillar Adliya vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

🤝 Mazkur ilmiy-amaliy anjuman intellektual mulk sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

📌 Tadbir yakunida tizimni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🧠 Adliya vazirligida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Adliya vazirligida 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish hamda boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosini ta'minlash hamda har payshanba kunlari vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni”ni tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

🔹 "Zakovat" intellektual o'yini ishtirokchilarda mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoa bo'lib ishlash ko‘nikmalarini oshiradi.
🔹 Xodimlar o‘rtasida teambuildingni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
🔹 Shuningdek, xodimlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Natijalar:
1-o'rin — Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi
2-o'rin — Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi
3-o'rin — Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg'unlashtirish boshqarmasi


Bunday tadbirlar orqali jamoada o‘zaro hamjihatlik mustahkamlanib, yoshlarning intellektual rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥4👏32