ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Sardobada yoshlar bilan ochiq muloqot: amaliy yechimlar muhokamada


🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Sardoba tumanidagi mahallada o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlar bilan erkin va samimiy suhbat olib borilib, ularning muammo, taklif va tashabbuslari bevosita tinglandi.

🔹Uchrashuv davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar hamda dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔹Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni joyida hal etishga qaratilgan choralar belgilandi.

🔹Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi orqali ish izlayotgan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ularning bandligini ta’minlashga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Buxoroda yosh arxivchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan vazifalar doirasida Buxoro viloyatida yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Ochiq muloqot davomida soha rahbari tomonidan arxiv tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, hujjatlarni raqamlashtirish, elektron arxivlarni shakllantirish hamda xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, yosh mutaxassislarning kasbiy rivoji, ularning tizimdagi o‘rni va imkoniyatlari, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda davlat organlari faoliyatida yoshlarning rolini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Navoiyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi avtodromda o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Navoiy viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🔹Mazkur muloqot Vatanparvar tashkilotining amaliy mashg‘ulotlar maydoni — avtodromda o‘tkazilib, yoshlar uchun o‘ziga xos interaktiv muhit yaratildi.

🔹Tadbir davomida yoshlar miltiqdan o‘q otish, motokros va velokros kabi sport turlarida foydalaniladigan jihozlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shuningdek, avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar orqali shakllantirilayotgan ko‘nikmalar hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Ochiq muloqot jarayonida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

📌 Mazkur tadbir yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularni sport va texnik yo‘nalishlarga jalb etish hamda yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🔥9👍53
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Samarqandda “HAYOT QADRI” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

🔹Avval xabar berganimizdek, “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan “HAYOT QADRI” tanlovi yoshlarning hayotga, xavfsizlikka va inson qadriyatlariga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi muhim tashabbusga aylandi.

🔹2026-yil 23-aprel kuni Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida tanlov g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

🔹Tadbir davomida eng faol, eng ijodkor va eng mazmunli ishlar mualliflari e’tirof etildi.

🏆 Tanlov g‘oliblari:

📌 Qisqa metrajli videorolik yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin — Usarov Zafarjon Husan o‘g‘li
🥈 2-o‘rin — Mamazarifov Shoxjaxon Sherzodovich
🥉 3-o‘rin — Abdikadirov Firdavsbek Nodirjon o‘g‘li

📌 Eng yaxshi ijtimoiy shior yo‘nalishi:
🥇 1-o‘rin — Sirojiddinov Diyorbek Akmal o‘g‘li
🥈 2-o‘rin — Jamshidova Mushtariy Jonibekovna
🥉 3-o‘rin — Eshmurodov Azimjon Xasan o‘g‘li

🔹Tanlov doirasida yaratilgan har bir videorolik va shiorlarda yo‘l harakati xavfsizligi, inson hayotining bebaho qadri hamda o‘zaro hurmat g‘oyalari chuqur aks ettirildi.

👏 Yoshlarning ijodiy yondashuvi, ijtimoiy faolligi va mas’uliyati yana bir bor e’tirof etildi.

📌 Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, hayot qadri va xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🔥53👍1👏1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Surxondaryoda yoshlar bilan uchrashuvlar: yo‘l harakati xavfsizligi madaniyati targ‘ib etilmoqda

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuvlar izchil tashkil etilmoqda.

🔹Xususan, umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, ichki ishlar organlari hamda avtomaktablar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda yoshlarga yo‘l harakati qoidalari, transport vositalari harakati, yo‘l belgilari va xavfsizlik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbirlar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilmoqda.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlarda yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍4🔥3
🚨 KONTRAFAKT MAHSULOTLAR SAVDOSI BILAN SHUG‘ULLANGANLAR JAVOBGARLIKKA TORTILDI

📩 Adliya vazirligiga “SANO TECHNOLOGY” MChJ tomonidan MGU 09923-son “KPOT” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar Toshkent shahrida savdoga taklif etilayotgani haqida murojaat kelib tushdi.

🔍 Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida kontrafakt tozalovchi vositalarni savdoga taklif etgan 6 ta huquqbuzar subyektlar aniqlandi.

⚖️ Natijada mazkur subyektlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborildi;
— jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan har bir huquqbuzarga BHMning 15 baravari, ya’ni 6 180 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi hamda huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki
info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3👍2👏2