ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
💍 Nikoh uchun ariza topshirish — endi to‘liq onlayn!

Endilikda nikohni qayd qilish uchun ariza Adliya Plus ilovasi orqali to‘liq va qulay tarzda onlayn shaklda amalga oshiriladi.

📌 Eng muhim qulaylik:
❗️ Ariza topshirish uchun FHDY organiga borilmaydi — hammasi mobil ilova orqali!

📝 Jarayon qanday kechadi?
1️⃣ Juftlikdan biri ilova orqali ariza yaratadi
— FHDY organini tanlaydi
— Nikoh o‘tkazilish shaklini belgilaydi
2️⃣ Ariza ikkinchi tomonga yuboriladi
— Ikkinchi tomon ilova orqali tasdiqlaydi
3️⃣ Ikkala tomon tasdiqlagach
— Ariza avtomatik tarzda FHDY organiga yuboriladi
4️⃣ Tibbiy ko‘rik natijalari
— Tibbiyot muassasalaridan elektron tarzda yuboriladi
5️⃣ Belgilangan tartibda
— Belgilangan muddat o‘tgach, nikoh ikki tomon ishtirokida rasmiy qayd etiladi

💍 Faqatgina nikohni qayd qilish kuni FHDY organiga tashrif buyuriladi!

📲 Adliya Plus — hayotiy jarayonlarni soddalashtiruvchi raqamli yechim!

🕒 Hammasi aniq, shaffof va vaqtni tejaydi.

📥 Ilovani yuklab oling va xizmatdan foydalaning:
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.adliya.plus
iOS:
https://apps.apple.com/us/app/adliya-plus/id6754625896

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍7🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Sirdaryoda “Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida ochiq muloqot

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Xususan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zohidov tomonidan Guliston shahri yoshlari bilan “Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Norasmiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ta’lim, bandlik, oila va nikoh munosabatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

🔹Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan huquqiy masalalar atroflicha o‘rganilib, ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

🔹Tadbir doirasida adliya mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, yoshlarda Lex.uz platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.

🔹Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi orqali davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish tartibi amaliy jihatdan o‘rgatilmoqda.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Turkmaniston Adolat vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹Bugun “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi qonunchilikni o‘rganish hamda bu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Adolat vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuv davomida mehmonlarga Markaz faoliyati, uning asosiy vazifa va funksiyalari, huquqiy axborotni aholiga yetkazish mexanizmlari, zamonaviy platformalar hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi loyihalar haqida taqdimot qilindi.

🔹Shuningdek, delegatsiya a’zolariga Lex.uz tizimining imkoniyatlari, jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish, qulay qidiruv tizimlari, onlayn tarjima va boshqa interaktiv funksiyalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔹Bundan tashqari, “LexAI” platformasi doirasida ishga tushirilgan, sun’iy intellekt asosida 24/7 rejimida tezkor javob beruvchi “ai.lex.uz” chat-botining yaratilish jarayoni, sinov bosqichlari, foydalanish tartibi va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan ham batafsil tushuntirish berildi.


🤝Mazkur taqdimot mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular sohaga joriy etilgan zamonaviy yangiliklar hamda texnologik yechimlarni yuqori baholadi.

🔹Taqdimot so‘nggida tomonlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, delegatsiya a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👏1