ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o'tkazilishi belgilab berilgan topshiriq ijrosi doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov, viloyat Bojxona boshqarmasi hamda viloyat harbiy prokurori ishtirokida Andijon shaharda joylashgan Muhhamad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida o'quvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuv tashkil etilib, ularning tashabbuslari va o'qish sharoitlari haqida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida, o'quvchi yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kelgusi faoliyatlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Shuningdek, mas'ullar tomonidan maktabda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, turli yo'nalishdagi olib borilayotgan islohotlar va ularning o'qish sharoitlari o'rganildi..

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat

Hech o'ylab ko'rganmisiz? Qaysi davlat tashkiloti nima ish bilan shug'ullanadi? Uning funksional vazifalari nimalardan iborat?

Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
💍 Nikoh uchun ariza topshirish — endi to‘liq onlayn!

Endilikda nikohni qayd qilish uchun ariza Adliya Plus ilovasi orqali to‘liq va qulay tarzda onlayn shaklda amalga oshiriladi.

📌 Eng muhim qulaylik:
❗️ Ariza topshirish uchun FHDY organiga borilmaydi — hammasi mobil ilova orqali!

📝 Jarayon qanday kechadi?
1️⃣ Juftlikdan biri ilova orqali ariza yaratadi
— FHDY organini tanlaydi
— Nikoh o‘tkazilish shaklini belgilaydi
2️⃣ Ariza ikkinchi tomonga yuboriladi
— Ikkinchi tomon ilova orqali tasdiqlaydi
3️⃣ Ikkala tomon tasdiqlagach
— Ariza avtomatik tarzda FHDY organiga yuboriladi
4️⃣ Tibbiy ko‘rik natijalari
— Tibbiyot muassasalaridan elektron tarzda yuboriladi
5️⃣ Belgilangan tartibda
— Belgilangan muddat o‘tgach, nikoh ikki tomon ishtirokida rasmiy qayd etiladi

💍 Faqatgina nikohni qayd qilish kuni FHDY organiga tashrif buyuriladi!

📲 Adliya Plus — hayotiy jarayonlarni soddalashtiruvchi raqamli yechim!

🕒 Hammasi aniq, shaffof va vaqtni tejaydi.

📥 Ilovani yuklab oling va xizmatdan foydalaning:
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.adliya.plus
iOS:
https://apps.apple.com/us/app/adliya-plus/id6754625896

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍7🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Sirdaryoda “Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida ochiq muloqot

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Xususan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zohidov tomonidan Guliston shahri yoshlari bilan “Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Norasmiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ta’lim, bandlik, oila va nikoh munosabatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

🔹Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan huquqiy masalalar atroflicha o‘rganilib, ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

🔹Tadbir doirasida adliya mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, yoshlarda Lex.uz platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.

🔹Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi orqali davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish tartibi amaliy jihatdan o‘rgatilmoqda.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1