🔹Bugun, Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda “Konrad Adenauer” nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbariyati o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
🔹Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijalari hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik mamlakatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
🔹 Xususan, Markaz tomonidan yaratilayotgan huquqiy media-mahsulotlar, amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning natijadorligi hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan taqdimot qilindi.
🔹 Shuningdek, taqdimot davomida “Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi doirasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalangan holda interaktiv kitob va 40 qismli multfilm yaratilgani, yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida intellektual o‘yinlar ishlab chiqilgani alohida qayd etildi.
🔹Uchrashuvda raqamli platformalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Yurxizmat.uz, Yurkitob.uz hamda Sharh.lex.uz platformalari haqida batafsil ma'lumot berib o'tildi.
🔹Uchrashuv yakunida Jamg'arma vakillari tomonidan Markaz faoliyati yuksak baholanib, uning huquqiy axborotni keng jamoatchilikka yetkazish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasidagi tizimli va samarali ishlari alohida e’tirof etildi.
🤝Shu bilan birga, tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida dolzarb huquqiy mavzular yuzasidan qo'shma seminar-treninglar, davra suhbatlari tashkil etish, yuqorida qayd etilgan ustuvor yo'nalishlar doirasida hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolash bo'yicha takliflar ilgari surilib, bu o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥6👍3👏2
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida reproduktiv salomatlik, gender zo‘ravonligi hamda odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🗣 Tadbirda:
odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va islohotlar,
gender zo‘ravonligi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda inson huquqlarini ta’minlash,
ayollar reproduktiv salomatligini himoya qilish kafolatlari muhokama qilindi.
💡 Konferensiya davomida:
reproduktiv salomatlikni ta’minlashdagi muammolar,
ayollarning kasbiy faoliyatida stressga chidamlilik,
sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari alohida e’tiborga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1
#adliya_xabari
Ellikqal'a tumanida "Adolat sayli" tadbiri o'tkazildi
Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev rahbarligida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda fuqarolar bilan muloqot jarayonida ularning yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal va boshqa sohalardagi muammolari tinglandi va 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, 12 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan bo‘lsa, 8 ta murojaat nazoratga olindi.
Mazkur tadbir aholini yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, sayyor qabullarni tashkil qilish orqali huquqiy muammolarini o‘rganish va ularni hal etish maqsadida tashkil qilindi.
Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahatlar olish, advokat, huquqshunos, notarius, mediator xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Tadbir konsert dasturlari, sport va boshqa ko'ngilochar tadbirlar bilan davom etdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot

❤3🔥1