ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Rishton tumani va Marg'ilon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan suhbatlashildi.

Suhbat davomida, notariuslarning Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmon ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni amalga oshirishda banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimining afzalliklari va amaliyotdagi jarayonlari tanishilib, muhim vazifalar belgilab olindi.

Fuqarolarga naqdsiz hisob-kitoblarning afzalliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥2😢2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sayyor qabul o‘tkazildi⚡️

Toshkent shahar adliya boshqarmasi, Toshkent shahar Prokuraturasi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Chilonzor tumanining "Botirma" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
#Adliya_xabari

🍽 “Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan, o‘zbek pazandachilik sanʼatining durdonasi hisoblangan “Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📜 Tarix va texnologiya: Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi — bu shunchaki taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari mujassam bo‘lgan murakkab jarayon bo‘lib, asosan tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli cho‘yan qozonlarda pishiriladi.

🛡 Huquqiy himoya va sifat: Mazkur maqom “Toshkent to‘y oshi” nomi va anʼanaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

“Toshkent to‘y oshi” — ajdodlar merosi, milliy qadriyatlar va xalq ruhining yorqin ifodasi bo‘lib, bugun gastronomik turizmni rivojlantirish hamda milliy brendni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

ℹ️ Maʼlumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😢2👍1🔥1
❗️❗️Эндиликда Ягона интерактив давлат хизматлар портали фойдаланувчилари хабарнома орқали суд мажлиси тўғрисида хабардор бўлиш ҳамда фуқаролик, маъмурий, иқтисодий ва маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишлар бўйича дастлабки суд маълумотлари билан танишиш имконияти яратилди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 августдаги “Судлар фаолиятига сунъий интеллект технологияларини жорий этиш орқали одил судловга эришиш даражасини ошириш ҳамда суд тизимининг моддий-техник таъминотини яхшилашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонида белгиланган вазифага кўра фуқароларга янада қулайликлар яратиш, суд ишлари бўйича тезкор маълумот етказиш мақсадида Олий суднинг ахборот тизимлари Ягона интерактив давлат хизматлар портали билан интеграция қилинди.

Бунинг натижасида жисмоний ва юридик шахсларга ўзларига тегишли фуқаролик, маъмурий, иқтисодий ва маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишлар юзасидан суд мажлиси ўтказиладиган сана, вақт ва суд тўғрисида олдиндан хабардор бўлишади.

Ушбу хизмат жорий этилиши натижасида фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг судга келиб-кетиш билан боғлиқ ортиқча харажатлари ва вақт сарфи қисқартирилади, шунингдек суд мажлиси иштрокчиларининг суд мажлиси тайинланганлиги ҳақида бехабар қолиш ҳолатларига барҳам берилади.

Сайт I Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
3🔥1🙏1
#Adliya_xabari
Huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan muhim qadam

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida”gi PF–33-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Respublika ishchi guruhi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sanobar Mamadaliyeva tomonidan viloyatda shakllantirilgan ishchi guruhlar va targʻibot guruhlari uchun amaliy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan muhim tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, zoʻravonlik holatlarining oldini olishda tizimli yondashuvni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv-seminarda Adliya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, sohalar kesimidagi masʼullar, shuningdek, Zoom platformasi orqali shahar va tumanlardan masʼul xodimlar ham ishtirok etdi. Ular tomonidan farmonda belgilangan vazifalar, xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur farmon ijrosini taʼminlashda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, joylarda manzilli ishlash va aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Eslatib oʻtamiz, Respublika ishchi guruhi 4 kun davomida Namangan viloyatining barcha hududlarida targʻibot tadbirlarini davom ettiradi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
#adliya_yoshlar

Bugun Qarshi shahrida bir guruh yoshlar hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Imomberdiyev ishtirokida viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

❗️Mazkur uchrashuv davomida 9-sinf bitiruvchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, ular uchun ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida yoshlar sportchilar, psixologlar hamda mashhur aktyorlar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular tomonidan o‘z hayot yo‘llari, erishilgan yutuqlar va duch kelgan qiyinchiliklar haqida qiziqarli hikoyalar aytib berildi.

🎬 Shuningdek, uchrashuv doirasida yoshlarni turli salbiy illatlardan ogohlikka chaqiruvchi "Drug Dealer" filmi namoyish etildi. Film orqali giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning inson hayotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida muhim tushunchalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️O'tgan asrdagi ayrim hujjatlarda fuqaro ismi xato yozilgani bu asrga ham tatimoqda...

Mana bir misol...
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanining X.Xakimzoda nomli sovxoz mehnat kollektivi Sovetining 1989-yil 25-iyul kungi 4-sonli 800 ta oilaga uy-joy uchun yer uchastkasi berish haqidagi qarori qabul qilingan.

Jumladan, ushbu qaror asosida Tojixon Mamajonovaga ham "Suyunchol" qishlog'idan 12 sotix yer uchastkasi beriladi. Ammo hujjatlarda uning ismi va familiyasi “Mamajonova T” sifatida qayd qilinganligi sababli, uy-joyga kadastr hujjatlari shakllantirish davomida Davlat kadastrlar palatasi Uchko'prik tuman boʻlimi tomonidan rad etilgan.

Tojixon ona Mamajonova ushbu muammosi bilan Uchko'prik tuman adliya bo'limiga murojaat qilgandan so'ng qisqa muddatlarda “Mamajonova T” yozuvi sud tartibida Mamajonova Tojixon Norqo'ziyevnaga tegishli ekanligi fakti belgilandi. Fuqaroning o'z uy joyiga bo'lgan mulk huquq tiklandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2👏1😢1🎉1
#Adliya_xabari

Poytaxdagi davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlarida reja asosida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlarda, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar ahvoli, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmatlar ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, har bir xodim bilan shaxsan profiklaktik suhbat o‘tkazilib, tizimdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan takliflari tinglanmoqda, ularning ish faoliyatidan qoniqish holati, xizmat ko‘rsatishda xodimlar tomonidan yo‘l qo'yilishi mumkin bo‘lgan risklar tahlil qilinmoqda.

Shu bilan birga korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan xizmat turlarini amalga oshiruvchi xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha reja tuzilib, masofaviy hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish ishlari tashkil etilmoqda.

O’rganishlar tizimli tarzda davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3