ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yoshlar bilan birga yashil kelajak sari


Mana 5 yildirki mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlar maydonini kengaytirish orqali aholi uchun sog‘lom va musaffo muhit yaratishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Ana shunday ezgu ishlardan biri sifatida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov rahbarligida yoshlar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida hudud iqlimiga mos bo‘lgan turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada obod bo‘lishiga hissa qo‘shildi.
👍8🔥32👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

❗️ "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

Marg'ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining yoshlar bilan uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratilib, boshqarma boshlig'i tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va qonunchilikda belgilangan kafolatlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim jarayoni, kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏2
🏆 Toshkent viloyatida spartakiada yuqori kayfiyatda yakunlandi!

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan spartakiada ko‘tarinki ruhda, yuqori kayfiyatda yakunlandi. Tadbir davomida nafaqat sport musobaqalari, balki tizim xodimlari oila a’zolari bilan birgalikda maroqli hordiq chiqarishdi.

🤝 Spartakiadaga adliya faxriylari ham tashrif buyurib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, adliya bo‘limlariga biriktirilgan yoshlar ham faol ishtirok etib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.

🏹 Alohida e’tiborga molik jihatlardan biri — adliya bo‘limi boshliqlari o‘rtasida o‘tkazilgan kamondan o‘q otish musobaqasi bo‘ldi.

💪 Tadbir xodimlar uchun nafaqat sport, balki dam olish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maydoniga aylandi.

🥇 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — boshqarma jamoasi
2-o‘rin — Angren, Ohangaron shaharlari va Ohangaron tumani hamda Quyichirchiq, Chinoz, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on tumanlari terma jamoalari
3-o‘rin — Olmaliq, Nurafshon shaharlari va Piskent tumani terma jamoalari

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54