ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

76 yoshli onaxonning to‘xtatilgan nafaqasi tiklab berildi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Madaniyat” MFYda yashovchi 76 yoshli Oqgul momo Xo‘jaevaning 3 oydan buyon nafaqa puli to‘xtatib qo‘yilgani yuzasidan murojaati ijobiy hal etildi.

🔍 Aniqlanishicha, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida fuqaroning ma’lumotlari FHDY axborot tizimidan tasdiqlanmagani sababli nafaqa to‘lovlari to‘xtatilgan. Shuningdek, tuman va viloyat FHDY arxivlarida ham onaxonning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

Yakkabog‘ tuman FHDY bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar asosida Oqgul momoning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklandi hamda unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

📄 Shuningdek, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi ko‘magida onaxonning to‘xtab qolgan 3 oylik nafaqa pullari ham to‘liq undirib berildi.

⚖️ Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida adliya organlari tomonidan manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ишлари davom etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#yoshlar_kuni

Yoshlar harbiy qismda – vatanparvarlik ruhidagi uchrashuv


Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun Buxoro harbiy garnizonidagi harbiy qismga tashrif tashkil etildi.

📌 Mazkur tashrif “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi doirasida o‘tkazilib, yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi.

🔍 Tashrif davomida o‘quvchilar:
🔹 Qurolli Kuchlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi
🔹 Harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini o‘rgandi
🔹 Askarlarning kundalik hayoti va xizmat jarayonlarini kuzatdi

💬 Shuningdek, yoshlarga harbiy intizom, Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🎯 Mazkur tashrif yoshlar qalbida harbiy kasbga qiziqishni oshirish, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Seminar

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida 100 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirokida davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlash, ularni tayyorlash qoidalari va ijro intizomi yuzasidan xodimlarga uslubiy ko‘mak berish maqsadida amaliy seminar o'tkazilmoqda

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍3👏1
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлиятв #Эслатма

❗️ "Нақдсиз савдо — замонавий қулайликми?" мавзусида жонли эфир бошланди.


🔴 Жонли эфирни ушбу ҳавола орқали кузатиш мумкин: https://www.youtube.com/watch?v=CB8Poms_d2M

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2🙏1
Adliya vazirligining 2026-yil I yarim yillik ish rejasi ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining faoliyati kompleks tekshirildi.

Tekshirish yakunlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari M.Allakuliyev rahbarligida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hay’at yig‘ilishida boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda mavjud xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, tizimli muammolar tahlil qilindi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli choralar ko‘rildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda kelgusida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi hamda ish faoliyatida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2
#adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan
ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni soliqqa tortish va hisobini yuritish tizimini soddalashtirish to‘g‘risida” qarori loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi yakunlandi.

Mazkur loyiha so‘nggi yillarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjatlar orasida eng ko‘p ko‘rilganlardan (16 mingga yaqin) biri bo‘lib, muhokama natijalari bo‘yicha loyiha yuzasidan 130 ta taklif va mulohazalar kelib tushdi.

Ushbu qaror loyihasi sohaga oid qonunchilik va mavjud tizimni tartibga solish ta’sirini baholash natijalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi Soliq kodeksida belgilangan soliq solishning majburiyligi va adolatliligi prinsiplarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Tahlillarga asosan 2024-yil uchun 2 020 nafar xonanda soliq deklaratsiyasi taqdim qilgan bo‘lib, ularga jami 1,1 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan bo‘lsa (o‘rtacha bir nafar xonandaga yiliga 544,5 ming so‘m), 2025-yil uchun 305 nafar xonanda soliq deklaratsiyasi taqdim etib, ularga 154 mln. so‘m daromad solig‘i hisoblangan (o‘rtacha bir nafar xonandaga yiliga 505,6 ming so‘m).

Bu holatlar sohada soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yagona va shaffof raqamli hisob tizimini joriy etish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Mazkur qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Raqobat qo‘mitasi hamda Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgandan so‘ng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.


Adliya vazirligi ushbu loyihaning muhokamasida faol qatnashgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda barcha taklif va mulohazalar atroflicha o‘rganib chiqilishi, natijasi bo‘yicha loyihani takomillashtirib, yuqori turuvchi idoralarga kiritilishini ma’lum qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍157🔥3👏2😢2
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumani Geolog oromgohida adliya tizimi xodimlari o‘rtasida Spartakiada sport turniri qizg‘in davom etmoqda ⚖️🏆

Mazkur sport bayramida viloyatimizning 22 ta tuman (shahar) adliya bo‘limlaridan kelgan xodimlar faol ishtirok etishmoqda. Ayni damda esa sportning eng qiziqarli turlaridan biri — futbol bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda ⚽️🔥

Shuningdek, tadbir doirasida sport musobaqalari bilan bir qatorda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sumalak sayli hamda faxriylar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan 🌿🤝

Musobaqalar nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoaviylik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92