ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

❗️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish — har bir zamonaviy kompaniya uchun muhim qadamdir

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy afzalliklari:

🔵Huquqiy himoya: Belgidan uchinchi shaxslarning ruxsatsiz foydalanishini taqiqlash va brendni sud orqali himoya qilish imkoniyati.
🔵Ishonch va imidj: Mijozlar va hamkorlar orasida brendning nufuzi va ishonchini oshiradi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2🙏21
Yashnobod tumanidagi bozorlarning yong‘in xavfsizligi talablariga javob berish holati kompleks tarzda o‘rganilmoqda

Tumandagi “Aviasozlar”, “Parkent” va “Yangiobod” bozorlari ma’muriyati hamda favqulodda vaziyatlar organlari xodimlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida savdo rastalari va omborxonalarda elektr tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in o‘chirish vositalarining soz holatda bo‘lishi, evakuatsiya yo‘laklarining ochiqligini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Har bir bozor kesimida aniq vazifalar, muddatlar va mas’ullar belgilangan holda yong‘in xavfsizligi talablariga oid “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish belgilandi.

Shuningdek, bozorlardagi infratuzilmaning holati, yong‘in o‘chirish tizimlari, suv ta’minoti, evakuatsiya yo‘laklari hamda elektr tarmoqlarining xavfsizlik darajasi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😢1
#Adliya_xabari
#Intellektual_mulk

❗️"HOFMANN” tovar belgilari huquqiy himoya qilindi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.Omonullayevning o'ziga tegishli "HOFMANN” tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida "F.I.S" MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, "HOFMANN” tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Hoffmans” belgilaridan foydalanib ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlarini savdoga taklif etayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, ya'ni 41,2 mln so‘m jarima qo‘llanildi.

Ogoh bo’ling!
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_da_adliya_xodimlari

🔴O'zbekiston 24
Maxsus reportaj
09.03.2026

❗️Prezidentimizning “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to'g'risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
#Adliya_aralashgach

76 yoshli onaxonning to‘xtatilgan nafaqasi tiklab berildi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Madaniyat” MFYda yashovchi 76 yoshli Oqgul momo Xo‘jaevaning 3 oydan buyon nafaqa puli to‘xtatib qo‘yilgani yuzasidan murojaati ijobiy hal etildi.

🔍 Aniqlanishicha, Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida fuqaroning ma’lumotlari FHDY axborot tizimidan tasdiqlanmagani sababli nafaqa to‘lovlari to‘xtatilgan. Shuningdek, tuman va viloyat FHDY arxivlarida ham onaxonning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

Yakkabog‘ tuman FHDY bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar asosida Oqgul momoning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklandi hamda unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

📄 Shuningdek, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi ko‘magida onaxonning to‘xtab qolgan 3 oylik nafaqa pullari ham to‘liq undirib berildi.

⚖️ Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida adliya organlari tomonidan manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ишлари davom etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#yoshlar_kuni

Yoshlar harbiy qismda – vatanparvarlik ruhidagi uchrashuv


Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun Buxoro harbiy garnizonidagi harbiy qismga tashrif tashkil etildi.

📌 Mazkur tashrif “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi doirasida o‘tkazilib, yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi.

🔍 Tashrif davomida o‘quvchilar:
🔹 Qurolli Kuchlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi
🔹 Harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini o‘rgandi
🔹 Askarlarning kundalik hayoti va xizmat jarayonlarini kuzatdi

💬 Shuningdek, yoshlarga harbiy intizom, Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik kabi yuksak fazilatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🎯 Mazkur tashrif yoshlar qalbida harbiy kasbga qiziqishni oshirish, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥
#Seminar

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida 100 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirokida davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlash, ularni tayyorlash qoidalari va ijro intizomi yuzasidan xodimlarga uslubiy ko‘mak berish maqsadida amaliy seminar o'tkazilmoqda

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍3👏1