#Yoshlar_kuni
📣 Yoshlar kuni doirasida Xorazm viloyatida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
✅ Xususan, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Urganch shahridagi 5-maktabda tahsil olayotgan “Huquq sinfi” o‘quvchilari hamda Xorazm viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan birgalikda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda “Buyuk Amir Temur” tarixiy-badiiy filmini tomosha qildilar.
🔰 Tadbir avvalida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Jumanyozov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z nutqida yoshlarni bugungi globallashuv davrida mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va huquqiy madaniyatga ega shaxslar sifatida shakllanishi dolzar ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. buyuk ajdodlarimiz, xususan Amir Temur siymosida mujassam bo‘lgan jasorat, adolatparvarlik va yuksak vatanparvarlik fazilatlari bugungi yosh avlod uchun beqiyos ibrat ekani qayd etildi.
✔️Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1
#Adliya_xabari
#yoshlar
📚 Ajdodlar merosi – milliy g‘urur timsoli: Adliya vazirligida Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi
✅ Bugun Adliya vazirligida buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va yuksak tafakkur sohibi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan, vazirlik yoshlari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨ Ushbu tadbir nafaqat tarixiy xotirani yod etish, balki buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur anglash, ularning davlat boshqaruvi, adolat va bunyodkorlikka asoslangan g‘oyalari bugungi kun taraqqiyotida nechog‘li muhim o‘rin tutishini yoshlar ongiga singdirish maqsadida o‘tkazildi.
🎓 Tadbirda Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti professori, tarix fanlari doktori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Ernazarov Fayzulla Narzullayevich tomonidan chuqur ilmiy asoslangan, mazmunan boy va ta’sirchan ma’ruza qilindi.
📖 Ma’ruza davomida Amir Temurning hayot yo‘li, ulkan saltanat barpo etishdagi strategik qarashlari, adolatli boshqaruv tamoyillari hamda uning jahonda tutgan o‘rni keng yoritildi. Ayniqsa, Sohibqironning “Kuch – adolatda” degan ulug‘ tamoyili bugungi huquqiy davlat qurish jarayonida ham dolzarb ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
🌟 Mazkur ma’rifiy uchrashuv yoshlar qalbida milliy iftixor, tarixiy merosga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash bilan birga, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga undovchi muhim ruhiy turtki bo‘ldi.

👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlarga_huquqiy_ko‘mak
📢 “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Qibray tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan keng qamrovli mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir tuman Majburiy ijro byurosi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Do‘rmon madaniyat saroyida o‘tkazildi.
🤝 Yarmarka davomida:
xotin-qizlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi,
ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi,
huquqiy maslahatlar berilib, muammoli masalalar yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazildi.
📝 Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda joyida yechim topish choralar ko‘rildi.
✨ Mazkur tadbir xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.