ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Etirof

📍 Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 5 133 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi o'n sakkizinchi sessiyasida yana 950 nafar fuqaroning mulk huquqi e'tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏2
#Matbuot_anjumani

📢 Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi!

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligining 2026-yil aprel–may–iyun oylariga mo‘ljallangan media-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquqiy bilimlarini yanada boyitish va bu borada amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

🔹Matbuot anjumani davomida quyidagi muhim masalalar yoritildi:
🔹 Prezident Farmoni (PF–246) asosida naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish
🔹 “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
🔹 Aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari

💬 Tadbir davomida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

🤝 Ochiqlik, shaffoflik — adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Qashqadaryoda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvar kunidagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-1-son qarori ijrosi muhokama qilindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xorazm viloyatida Naqdsiz hisob-kitoblar orqali dastlabki to`lovlarni amalga oshirish orqali Notarius va davlat xizmatlaridan foydalanilmoqda.

Naqdsiz hisob-kitoblar — nafaqat qulaylik, shaffoflik va xavfsizlik garovi balki yashirin iqtisodiyotni oldini olishda muhim qadam!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
#Adliya_aralashgach

Sardobalik fuqaroning zararli sharoitda ishlaganlik fakti tasdiqlandi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi fuqaro A. Djabarov tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, avval yerosti volfram konida ishlaganini, ayni paytda esa ushbu kon faoliyati tugatilganini ma’lum qilgan.

Fuqaroga ko‘ra, u imtiyozli pensiyaga chiqish uchun murojaat qilganida, pensiya bo‘limi tomonidan konda ishlagan davriga oid attestatsiyalangan ish o‘rni hujjatlari saqlanmagani vajidan rad javobi berilgan.

Adliya organlari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqaroning zararli mehnat sharoitida ishlaganlik holatini tasdiqlash bo‘yicha tegishli huquqiy va amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaroning yerosti volfram konida zararli sharoitda ishlaganlik fakti tasdiqlandi hamda uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_xabari

Adolat qaror topdi

Adliya boʻlimining fuqaro R. Karimova manfaatini koʻzlab javobgar - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga nisbatan fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga kiritgan da'vo arizasi koʻrib chiqildi. Sud da'voni toʻliq qanoatlantirdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 5-iyuldagi buyrugi bekor qilindi. R. Karimova oʻz vazifasiga - boʻlim boshligʻi lavozimiga tiklandi.

Batafsil

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏1
#e'tirof

Navoiyda yana 417 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

👍
Joriy yilning 18-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

👍 Mazkur sessiyada jami 417 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlari e'tirof etildi.

Xususan:
Nurota tumanida 112 nafar
Xatirchi tumanidan 103 nafar
Qiziltepa tumanidan 39 nafar
Karmana tumanida 73 nafar
Navbahor tumanida 36 nafar
Zarafshon shaharda 7 nafar
G'ozg'on shaharda 32 nafar
Navoiy shaharda 4 nafar
Uchquduq tumanida
3 nafar
Konimex tumanida 1 nafar
Tomdi tumanida 7 nafar.


🔵Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 2 085 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Senatning yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini izchil isloh etish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat – “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Sud-ekspertlik faoliyati sud ishlarini har tomonlama, xolis va adolatli ko‘rib chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Sud ekspertizasi xulosalarining ilmiy asoslanganligi va ishonchliligi sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinishi uchun muhim shart hisoblanadi.

Oxirgi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda ayrim o‘z yechimini kutayotgan masalalar ham mavjudligi senatorlar tomonidan alohida qayd etildi.

Ushbu Qonun amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda:

– nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish, faoliyat yo‘nalishlari belgilanmoqda, shuningdek, nodavlat sud-ekspertlariga byuro tashkil etgan holda yakka tartibda faoliyat yuritishga ruxsat berilmoqda;
– advokatning so‘roviga asosan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish tartiblari nazarda tutilmoqda;
– sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilmoqda;
– sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari), sud ekspertlari hamda sud-ekspertiza tadqiqotlarida foydalaniladigan uslubiyotlar ro‘yxatining davlat reestrini yuritish yo‘lga qo‘yilmoqda;
– davlat sud-ekspertiza muassasalari ekspertlari hamda nodavlat sud ekspertlari faoliyati yuzasidan ekspert-malaka komissiyalari tuzilmoqda;
– sud ekspertlarining kasb-etika qoidalari va ekspertizani o‘tkazishga doir cheklovlar joriy qilinmoqda (ekspertning yaqin qarindoshi, nodavlat ekspertiza muassasasi mulkdori bo‘lsa va b.);
– Vazirlar Mahkamasi hamda vakolatli davlat organi sifatida Adliya vazirligining sud-ekspertlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilmoqda;
– nodavlat sud ekspertlarini birlashtiruvchi, ularga yaqindan ko‘maklashuvchi Sud ekspertlari palatasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda;
– sud ekspertizasini chet davlatning sud ekspertlarini jalb qilish orqali o‘tkazish mexanizmlari belgilab berilmoqda.


Muhokama davomida senatorlar ta’kidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi sud-ekspertlik faoliyatining mustaqilligi va shaffofligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash hamda fuqarolarning odil sudlovdan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1