ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔷 Naqdsiz to‘lovlarga o‘tish – zamon talabi

🔹 Avvallari katta miqdordagi pul mablag‘larini naqd shaklda olib yurish fuqarolarda turli xavotirlarni keltirib chiqarar edi. Bugungi kunda esa hisob-kitoblarning bank orqali amalga oshirilishi aholiga ishonch va xotirjamlik bag‘ishlamoqda.

🔹 “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ushbu yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔹 Sirdaryo viloyatida mazkur farmon ijrosi doirasida notariuslar va tijorat banklari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi.

🔹 Xususan, Mirzacho‘l avtoulovlar majmuasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri davomida farmonning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi. Tadbir doirasida fuqarolarga huquqiy va bank xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

❗️Sohibjon Bo'riboyev: Sayyor qabulga atayin rahmat aytgani bordim, chunki...

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan O'zbekiston tumanidagi Namuna MFYda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida 11 ta masalada 30 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Shundan to'rtta murojaat adliya ish yurituviga olindi. 20 ga yaqin fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1
Sirdaryoda yana 577 nafar fuqaroning uy-joyiga nisbatan mulk huquqi berildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengashining tegishli qaroriga muvofiq, yana 577 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi rasman e’tirof etildi.


Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyatida jami 1854 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
#adliya_aralashgach

❗️Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Aning mehnat huquqlari tiklandi.

Jumladan, adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda Qamashi tumanida yashovchi fuqaro M.A foydalanilmagan mehnat ta’tili pullarini ololmayotganligi bo’yicha murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro M.A Qamashi tumanidagi maktabda 15 yil davomida direktor lavozimida faoliyat yuritgan bo'lib, ushbu muddat davomida ishlagan davrida foydalanmagan mehnat ta’tillari uchun jami 91 067 389 so’m to'lanmasdan kelinayotganligi ma'lum bo'lgan.

Holat yuzasida Qamashi tuman adliya bo’limi tomonidan Qamashi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga kiritilgan taqdimnomasiga asosan fuqaro M.Aga jami 91 067 389 so’m foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to’lab berilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
#Adliya_xabari

Naqdsiz hisob-kitoblar rivojlantirishning belgisi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tomonidan Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoni ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimining afzalliklari tushuntirilib, amaliyotdagi jarayonlar bilan yaqindan tanishildi.

Tadbir yakunida sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
❗️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘ninchi sessiyasida 1 ming 793 nafar fuqarolarning yer uchastkasiga bo’lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo’lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko’rib chiqildi.


🔹 Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘iga asosan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan edi.

🔹 Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilishi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkchilik, shuningdek, meroslar bilan bog‘liq nizolarga yechim topilishiga asos yaratildi.

🔹 Bundan tashqari, aholining ijtimoiy masalalari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog‘chaga joylashtirish) hamda bino va obyektlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha masalalariga ham ijobiy yechim topiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun:
Qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar respublikada jami 3 832 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️Hamidaxon JABBOROVA:
Haqiqatdan nogironligim bo'lsa ham nafaqaga chiqa olmagan edim


Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanining "Tojik" qishlogʻida yashovchi H.Jabborova ko'p yillardan buyon imkoniyati cheklangan bo'lsada, uning bu holati qator idoralarning ro'yxatlarida rasman belgilanmadi.

O'g'illarining uzoq muddat yelib-yugurishlari besamar ketdi. Ustiga ustak Hamidaxon onaning pensiyaga chiqishi uchun “staj” yetmadi...

Qalovini topsang qor ham yonadi deb bekorga aytishmagan. Adliya vakillari bu qo'shaloq muammoning qonuniy yechimini topishib Hamidahon onaning joniga oro kirdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥3👏2
#Adliya_xabari
#Etirof

📍 Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 5 133 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi o'n sakkizinchi sessiyasida yana 950 nafar fuqaroning mulk huquqi e'tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏2
#Matbuot_anjumani

📢 Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi!

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligining 2026-yil aprel–may–iyun oylariga mo‘ljallangan media-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquqiy bilimlarini yanada boyitish va bu borada amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

🔹Matbuot anjumani davomida quyidagi muhim masalalar yoritildi:
🔹 Prezident Farmoni (PF–246) asosida naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish
🔹 “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
🔹 Aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari

💬 Tadbir davomida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

🤝 Ochiqlik, shaffoflik — adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1