ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Uch_avlod

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Faxriylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlar va faxriylar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar tajriba almashish hamda avlodlar davomiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

📍Uchrashuv davomida Samarqand viloyati adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy notariuslar, FHDY bo‘limi mudiralari hamda arxiv xodimlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, kasbiy faoliyatlari davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari, pandu-nasihatlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

❗️Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, tizimni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda faxriylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

📌Shuningdek, tadbirda ZOOM platformasi orqali tuman va shahar adliya bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ham masofadan turib faol qatnashdilar.

❇️ Mazkur uchrashuv barchada katta taassurot qoldirib, yoshlar uchun muhim motivatsiya va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.

🌎Bizni kuzating👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
#Adliya_hudud

Naqdsiz hisob-kitoblar — iqtisodiy barqarorlik omili

Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur tartibga ko‘ra, endilikda bitimlar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali rasmiylashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mablag‘larning qonuniy aylanishini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz tizim yaratishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov tomonidan hududlarda ushbu tizimning amaliy ijrosi o‘rganilmoqda. Xususan, Norin tumanida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda “Asaka bank” filiali xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar davomida avtomobil oldi-sotdi jarayonlari amalga oshirilayotgan “Norin avto savdo bozori” MChJ hududida yaratilgan shart-sharoitlar, elektron tizimlarning ishlashi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, naqdsiz hisob-kitoblarning keng joriy etilishi nafaqat iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, balki jamiyatda moliyaviy intizomni oshirishda ham muhim omil hisoblanadi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring

Youtube
| Facebook | Telegram | Instagram
2👍2🔥1👏1
#Adliya_xabari
#Chilonzor_tumani

Mustahkam oila — barqaror jamiyat asosi

Bugungi kunda yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Shu maqsadda Chilonzor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi I-son va II-son FHDY bo‘limlari va “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” a’zolari bilan birgalikda yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida oila — mehr, mas’uliyat va o‘zaro hurmatga tayanadigan muqaddas maskan ekani, uni mustahkamlash esa avvalo bilim va ongli yondashuvdan boshlanishi ta’kidlandi. 20 nafar yosh nikohlanuvchiga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Seminar yakunida oila qurish arafasida turgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz:👇
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PROFESSIONAL TARJIMA XIZMATLARI

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan qonunchilik hujjatlarini tarjima qilish tizimi zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Maqsadimiz: Hujjatlarni aniq, ishonchli va huquqiy jihatdan mukammal tarzda tarjima qilish.

Biz quyidagi asosiy xizmat turlarini taklif qilamiz:
✔️ Yuqori malakali tarjimonlar tomonidan hujjatlarning o‘zbek, rus, ingliz va boshqa istalgan tillarga sifatli tarjima qilinishi;
✔️ Yuridik atamalarning aniq va to‘g‘ri qo‘llanilishi;
✔️ Matnlarning qisqa muddatda tarjima qilinishini ta’minlash.

📶 Tarjimalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• normativ-huquqiy hujjatlar;
• yuridik adabiyotlar;
• kodekslarga ilmiy-amaliy sharhlar;
• ilmiy ishlar, dissertatsiyalar va avtoreferatlar;
• badiiy tarjima va turli mavzulardagi kitoblar;
• ijtimoiy, siyosiy va boshqa mazmundagi matnlar.

Ushbu tizim huquqiy axborotni keng jamoatchilikka tezkor, tushunarli tarzda va yuqori sifat bilan yetkazishga xizmat qiladi.


📞 Bog'lanish uchun: (55) 510 47 87
📥 Elektron pochta: info@adolatmarkazi.uz
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 19-uy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍3👏1