ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Denov va Sho'rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.

💬 Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish, elektron tizimlar orqali shaffoflikni ta’minlash hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, idoralararo axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish, notarial xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📌 Yakunda, notariat tizimida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, fuqarolar uchun tezkor xizmatlar ko‘rsatish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Adliya_aralashgach

❗️Noto'g'ri kiritilgan ism va familiya hujjatlarni rasmiylashtirishda bir olam muammolar olib keldi

Buvayda tumanida yashovchi Dildora Qoraboyeva xonadonini dadasining nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmoqchi bo'ldi. Ammo yer ajratish to'g'risidagi qarorda ism va familiya noto'g'ri kiritilganligi oydinlashdi.

D.Qoraboyevaning Buvayda tuman adliya boʻlimiga murojaatidan soʻng, aniqlanishicha, haqiqatdan ham "Dehqonobod" MFY da yashovchi A.Akbarov Xalq deputatlari Buvayda rayon soveti ijroiya komitetining 1989-yil 8-avgust kungi yer ajratish toʻgʻrisidagi qarori bilan 0.13 gektar yer maydoni berilganligi lekin, hujjatda ismi “Abduraim” boʻlib yozilganligi sababli, kadastr pasportini rasmiylashtirish hamda yerni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda muammo yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan huquqni belgilovchi hujjat shaxsga tegishliligi belgilandi.

Batafsil videolavhada

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏2
#Adliya_xabari

❗️Hududlarda naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kirgan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ijrosini joylarda samarali tashkil etish maqsadida mas'ullar tomonidan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildmoqda.

Misol uchun, bugun Farg'ona viloyatidagi notarial idoralar, tijorat banklarining bu boradagi faoliyati bilan tanishilmoqda.

Maqsad, notariuslarga yangi tartiblarni amalda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tushuntirishlar berish, texnik va tashkiliy masalalarni muhokama qilish, shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilashdir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma’naviyat soati tashkil etildi!

🗂 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlarning ma’naviy salohiyatini va ishchanlik kayfiyatini oshirish maqsadida manaviy-ma'rifiy tadbirlar tizimli tashkil etib borilmoqda.

Ushbu yo'nalishdagi navbatdagi tadbir Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag'ishlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Jo'rabek Begimqulov tomonidan tariximizda davlatchilik asoslarining eng buyuk davri bo'lgan Temuriylar saltanati, sohibqironning jang san'ati va siyosiy barqarorligi borasidagi ma'lumotlarni berib o'tdi.

🗂 Biz barcha turkiy qavmlarni yagona saltanatga birlashtirishni orzu qilgan, dastlab Movarounnahr va Xorazm, keyinchalik Eron, Iroq, Oltin O‘rda, Turkiya, Ozarbayjon va Hindistonning shimoliy qismigacha kengaytirgan, butun boshli yirik davlat ko‘rinishiga keltirgan va u yerda adolatni qaror toptirgan buyuk shaxs Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir avlodlari ekanligimizdan faxrlanamiz.
🔥5
#Uch_avlod

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Faxriylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlar va faxriylar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar tajriba almashish hamda avlodlar davomiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

📍Uchrashuv davomida Samarqand viloyati adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy notariuslar, FHDY bo‘limi mudiralari hamda arxiv xodimlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, kasbiy faoliyatlari davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari, pandu-nasihatlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

❗️Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, tizimni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda faxriylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

📌Shuningdek, tadbirda ZOOM platformasi orqali tuman va shahar adliya bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ham masofadan turib faol qatnashdilar.

❇️ Mazkur uchrashuv barchada katta taassurot qoldirib, yoshlar uchun muhim motivatsiya va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.

🌎Bizni kuzating👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1