#adliya_xabari
#1_apreldan
❗️ Adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti manzilli o'rganildi.
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab, ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
✅ Ushbu islohot bugungi kunda fuqarolar manfaatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflik, ochiqlik va xavfsizlik tamoyillari yuqori darajada ta’minlangani nazorat qilish va yo'nalishda yagona amaliyotga erishishni tashkil etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov hamda o'rinbosari A.Azimov tomonidan Andijon shahar hududidagi notariuslar faoliyati o'rganildi.
✅ Xususan o'rganish davomida, bevosita jarayon ishtirokchilari bo'lgan fuqarolarga "eskrou" hisobraqami ochilishi hamda notariuslarning keyingi harakatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, ayni yo'nalishda jarayonga aloqador barcha manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar mas'ullari yangi tartibni amalga oshirilishida bevosita javobgar ekanligi ta'kidlandi. Ushbu yuzasidan ularga yangi amaliyotdagi tushunmovchiliklar, tizimlarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish usullari bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi
🚀 Telegram | 📱 Youtube | 📷 Instagram |🔵 Facebook
#1_apreldan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2