ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.

💬 Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish, elektron tizimlar orqali shaffoflikni ta’minlash hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, idoralararo axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish, notarial xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📌 Yakunda Farmon ijrosini samarali tashkil etish orqali notariat tizimida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, fuqarolar uchun qulay va tezkor xizmatlar ko‘rsatish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
#To'lovlar_qulaylashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi notarius va banklar o‘rtasidagi elektron maʼlumotlar almashish yo‘li bilan (ESKROU) aniqlanadi.

Mazkur jarayonda axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning ishonchliligini ta'minlash yuzasidan Toshkent shahridagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va aholiga naqd pulsiz to'lovlarni amaga oshirish bo'yicha manzilli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
🔥2
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
❗️Hisob-kitoblarning naqdsiz shaklga o'tkazilishi bo'yicha targ'ibot ishlari davom etmoqda.

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-246-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ushbu hujjat mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, ko'chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirish tartibini joriy etish yuzasidan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari T.Imomberdiev tomonidan Qarshi shahar notariuslari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Shuningdek, notariuslarga mazkur tartibni amaliyotga to'liq va sifatli joriy etish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣Naqdsiz hisob-kitoblar Samarqand viloyati misolida


🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

📊Endilikda ushbu jarayonlar notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali tezkor va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda

✔️Naqdsiz hisob-kitob – nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va xavfsizlik garovi.

🌐Bizni kuzating👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Naqd pulsiz hisob-kitoblar — qulay, xavfsiz va shaffof

🔰 Davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish tartibi joriy etilgan

💡 Mazkur tartib fuqarolar va tadbirkorlar uchun bir qator qulayliklarni taqdim etadi:
🔹 hisob-kitoblarning xavfsizligi va kafolatliligi ta’minlanadi
🔹 mablag‘lar “eskrou” hisobvaraqlari orqali himoyalanadi
🔹 firibgarlik va noqonuniy holatlarning oldi olinadi
🔹 jarayonlar ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi

📌 Endilikda bitimlar yanada ishonchli, tezkor va zamonaviy tizim asosida amalga oshiriladi.

🎬 Batafsil — videorolikda.
4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2