#Adliya_xabari
📣 Naqdsiz hisob-kitoblar — yashirin iqtisodiyotni oldini olishda muhim qadam!
🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Endilikda ushbu jarayonlar notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali tezkor va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda.
✅ Xorazm viloyatida mazkur tizimni samarali joriy etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda hamda Davlat xizmatlari markazlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.
✔️ E’tiborlisi, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi, xavfsiz va qulayligi aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda.
🔹 Naqdsiz hisob-kitob – nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va xavfsizlik garovi.
📣 Naqdsiz hisob-kitoblar — yashirin iqtisodiyotni oldini olishda muhim qadam!
🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Endilikda ushbu jarayonlar notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali tezkor va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda.
✅ Xorazm viloyatida mazkur tizimni samarali joriy etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda hamda Davlat xizmatlari markazlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.
🔹 Naqdsiz hisob-kitob – nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va xavfsizlik garovi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1
#Adliya_xabari
✅ Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.
💬 Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish, elektron tizimlar orqali shaffoflikni ta’minlash hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Shuningdek, idoralararo axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish, notarial xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
📌 Yakunda Farmon ijrosini samarali tashkil etish orqali notariat tizimida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, fuqarolar uchun qulay va tezkor xizmatlar ko‘rsatish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot

❤2🔥2
#To'lovlar_qulaylashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi notarius va banklar o‘rtasidagi elektron maʼlumotlar almashish yo‘li bilan (ESKROU) aniqlanadi.
Mazkur jarayonda axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning ishonchliligini ta'minlash yuzasidan Toshkent shahridagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va aholiga naqd pulsiz to'lovlarni amaga oshirish bo'yicha manzilli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

🔥2