ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🔐Farzandlaringiz onlayn dunyoda xavfsizmi?

Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?

🏛O‘zbekiston Adliya vazirligi yoshlarimizning raqamli hayotini o‘rganish va ularni onlayn xavf-xatarlardan himoya qilish maqsadida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Faqat 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌So‘rovnomada ishtirok eting:
📚Voyaga yetmaganlar uchun Havola bu yerda
👩‍🍼 Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
📌 Yoshlarning muammolari tizimli o‘rganilmoqda

▶️ Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev tomonidan Yashnobod tumanida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔰 Uchrashuv davomida yoshlarning bandlik, kasb-hunar egallash hamda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq muammolari atroflicha o‘rganildi.

Muloqot jarayonida har bir yoshning murojaati alohida tinglandi va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasbga yo‘naltirish, zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan maxsus kurslarda o‘qitish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 82 mln so‘m jarimaga tortildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, Vazirlik tomonidan Abbot Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “A.P.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O'tkazilgan tekshiruv natijasida “A.P.” MChJ tomonidan “IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “IMUDON NEST” belgili 31 159 dona kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “A.P.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida, ya’ni 82 mln so‘m jarima qo‘llanildi hamda “IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlar to‘xtatish majburiyati yuklandi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari
#mahallada_xavfsizlik

Mahallalarda xavfsiz muhit: Sirdaryoda tizimli ishlar oʻrganildi

Sirdaryo viloyatida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda nizoli oilalar bilan ishlash holati oʻrganildi. Mazkur jarayon Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B. Valiyev rahbarligidagi Respublika muvofiqlashtiruvchi shtabi tomonidan Prezidentning PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

🔸 Oʻrganish davomida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

🔹 Xususan, adliya organlariga biriktirilgan 99 ta nizoli oila bilan individual yondashuv asosida ishlash yo‘lga qo‘yilib, muntazam suhbatlar, huquqiy tushuntirishlar va muammolarni hal etish choralari amalga oshirilmoqda.

🔸 Shuningdek, Guliston shahridagi “Bahor” mahallasi misolida taqdimot oʻtkazilib, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yoritildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👏3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
#live

Ayni damda Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
#Adliya_va_yoshlar

Buxoroda iqtidorli yosh bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida “Eng yaxshi g‘oya” respublika tanlovi g‘olibi — Buxoro davlat texnika universiteti doktoranti Abubakir Atoyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yosh olimning innovatsion loyihasi, uning amaliy ahamiyati hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir.

Shuningdek, davlat organlari tomonidan yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Adliya organlari tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43🔥3👍2