ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🙏42🎉1
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍43👏2🎉2🔥1🙏1
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi, 21-mart – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
6👏5🔥2🙏2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxriylar_ezozda

❗️“Navro'zni ulug'lash – insonni ulug'lashdir!”

Bayram munosabati bilan soha rivoji yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati, qonun usuvorligini taʼminlashdagi hayotiy tajribalari bilan yosh xodimlarga ibrat maktabi bo‘lib kelayotgan adliya faxriylari holidan xabar olindi va ularga boshqarma boshlig‘ining tabrigi yetkazildi.

Bayram muborak bo‘lsin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📺“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VIDEO TAQDIMOTI

🔺 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan yangilangan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi taqdimoti video formatda tayyorlandi.

Ushbu videoda Strategiya doirasida 2030-yilgacha erishish rejalashtirilgan eng muhim maqsadlar va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari jamlangan.

🔺Video taqdimot orqali “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yanada qulay va samarali tarzda yetkazish mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish yanada oson!

👨‍💻 Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza yuborishingiz mumkin.

💻 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborgan taqdiringizda, tegishli biometrik ma'lumotlar olinishi uchun ma'lumotlarni yig'ish punktiga tashrif buyurishingiz lozim.


✅️ Arizangizni ko'rib chiqish muvaffaqiyatli yakunlansa, xizmat natijasini Davlat xizmatlari markazidan shaxsan olib ketishingiz yoki pochta orqali qabul qilib olishingiz mumkin.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qimor bu bo‘yningizga kishan, undan saqlaning!

Qimor — shunchaki o‘yin emas. Bu — oilani barbod qilish va qaramlikdir. Bu bir martalik qiziquvchanlik emas, bu jarlikka eltuvchi yo‘l.


Siz yutmoqchi bo‘lgan pul — aslida sizning hayotingiz narxi. O‘z vaqtida buni to‘xtating!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥1
#Adliya_xabari

💼 Yuqori daromadli va zamonaviy kasb egasi bo‘lishni xohlaysizmi?

Masofadan turib ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan, innovatsiyalar va yangi texnologiyalar bilan bog‘liq istiqbolli kasb izlayapsizmi? Unda patent vakili faoliyati aynan siz uchun!

🔎 Patent vakili kim?
Patent vakili — ixtirochilar, tadbirkorlar hamda tashkilotlarga ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularni huquqiy himoya qilish jarayonida professional yordam beradigan mutaxassisdir.

⭐️ Nega patent vakili bo‘lish kerak?
• Innovatsiyalar va yangi texnologiyalar bilan ishlaysiz.
• Ixtirochilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda ishtirok etasiz.
• Mustaqil va masofadan turib professional faoliyat yuritish imkoniyati mavjud.
Yuqori daromadli va istiqbolli kasb egasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📊 Ma’lumot uchun:
Hozirda patent vakillari tomonidan bitta talabnoma topshirish xizmat narxi o‘rtacha 1 mln so‘mdan 8 mln so‘mgacha yetadi. 2025-yilda 3200 dan ortiq talabnomalar aynan patent vakillari orqali topshirilgan.

📌 Patent vakili bo‘lish uchun talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish
Har qanday sohada oliy ma’lumotga ega bo‘lish

📝 Imtihonda qatnashish tartibi:
• Nomzodlar im.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi
• Belgilangan tartibda malaka imtihonini topshiradi
• Imtihonda qatnashish uchun davlat boji — 4 BHM

📞 Agar sizda ham patent vakili bo‘lish istagi bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumotlarni im.adliya.uz sayti orqali yoki +998 71 207 01 87 (ichki raqam 1821) orqali olishingiz mumkin.

🚀 Intellektual mulk sohasida professional faoliyat boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4
“R” yoki “®” belgilaridan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, mahsulotda yoki uning qadoqlarida “R” yoki aylana ichidagi “®” belgisi faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tovar belgilariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Bu belgi iste’molchilarga mazkur tovar belgisi huquqiy muhofaza ostida ekanini bildiradi.

Agar tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, unga nisbatan “R” yoki “®” belgisidan foydalanish qonun buzilishi hisoblanadi.

💰 Bunday holatda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima qo‘llanishi mumkin.

Agar ushbu qoidabuzarlik ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, jarima, axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham qo‘llanishi mumkin.

🔎Shu sababli tovar belgilaridan foydalanishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

Samarqandda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Tadbirda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov, Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev, shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar, tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, forum doirasida:
🔹 milliy brendlarni rivojlantirish istiqbollari
🔹 tovar belgilarining raqobatbardoshlikdagi o‘rni
🔹 brend identifikatsiyasi va dizayn masalalari
🔹 tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.


Shuningdek, tadbir davomida xalqaro ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar, amaliy seminarlar va interaktiv sessiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha mamlakatimizda milliy brendlarni rivojlantirish, intellektual mulk sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍8🔥5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tajriba
#100_ta_yangi_brend

“100 ta yangi brend” loyihasi doirasida bo’lib o’tayotgan tadbirda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i vakillari spiker sifatida ishtirok etib, o‘zlarining muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Ma’ruza davomida kompaniyaning rivojlanish strategiyalari, zamonaviy savdo yondashuvlari, mijozlar bilan ishlash tizimi hamda brendni shakllantirish borasidagi amaliy tajribalari taqdim etilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥65👍2
#SAG
#100_ta_yangi_brend

Ayni paytda SAG brendi asoschilari tomonidan muvaffaqiyatli brend yaratish mavzusida taqdimot o‘tkazilmoqda.

Taqdimot davomida brendni noldan yaratish, bozorda o‘z o‘rnini topish, marketing strategiyalarini to‘g‘ri tanlash hamda mijozlar ishonchini qozonish masalalari yuzasidan ma’lumot berilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5🔥3👍2👏1