ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Farovonlik_markazi

Qo‘shrabotda “Farovonlik markazi” faoliyati o‘rganildi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘shrabot tumani “Navkat” mahallasida barpo etilgan zamonaviy “Farovonlik markazi”da bo'ldi.

Xizmat safari davomida markazning bugungi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
- bepul xorijiy til kurslari
- IT yo‘nalishidagi zamonaviy darslar
- tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalari
- turli kasb-hunar o‘quv kurslari

Vazir markazda tahsil olayotgan yoshlar, tadbirkorlikni boshlagan fuqarolar hamda ish bilan ta’minlangan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qildi.

Suhbat jarayonida markaz faoliyatini yanada kengaytirish, o‘quv dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda yoshlarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi orqali ularning qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, bunday “Farovonlik markazlari” yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining daromadini oshirish va hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu esa aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadamdir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3🔥2
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun “ochiq muloqot” tashkil etildi

Joriy yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun “ochiq muloqot” tashkil etildi.

Mazkur muloqotda 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bevosita, 220 dan ortiq vakillar esa onlayn tarzda “Zoom” platformasi orqali ishtirok etdi.

Tadbir davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolar, shuningdek ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalari yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Xususan, ijtimoiy buyurtmalar ajratish jarayonida hamkorlikni kuchaytirish, grant mablag‘lari hajmini oshirish, kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar yaratish hamda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining 15 dan ortiq savollariga joyida tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍3🔥2
Adliya vaziri Samarqand viloyati adliya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri A. Tashkulov Samarqand viloyati adliya boshqarmasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida boshqarmaning joriy faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, boshqarma o‘rinbosarlari tomonidan yo‘nalishlar kesimida tayyorlangan taqdimotlar eshitilib, har bir sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholiga qulaylik yaratish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, intellektual mulk sohasini rivojlantirish, mualliflik huquqlarini himoya qilish, yuridik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda notariat tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yakunda faoliyat samaradorligini oshirish, shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, shuningdek fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2🔥2👍1
#Adliya_tabrik

❗️Adliya xodimi “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Uchko'prik tuman FHDY bo'limi mudirasi Manzuraxon Nortojiyeva jamiyat va davlat hayotida ko'rsatgan faolligi, tashabbuskorligi, o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shganligi munosabati bilan “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoniga sazovor bo'ldi.

Adliya vazirligi jamoasi Manzuraxon Nortojiyevani ushbu e'tirof bilan samimiy tabriklab, faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21🎉1