ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt
#2026_yil_1_martdan

Qonunchilikka ko‘ra, ijtimoiy reestrda ro‘yxatda turgan I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar uchun qo‘shimcha yordam ko‘rsatiladi.

Endilikda “mahalla yettiligi” xulosasi asosida bunday oilalar xonadonlarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

🔹 Uylarning devor va tomlari izolyatsiya qilinadi.
🔹 Energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatiladi.
🔹 Quyosh panellari yoki geliokollektorlar o‘rnatiladi.

Bu ishlar orqali oilalarning yashash sharoiti yaxshilanadi, energiya sarfi kamayadi va eng muhimi — oilalarga yengillik yaratiladi.

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
4👍1👏1
#xalqaro_hamkorlik

Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, Qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Toth boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga xizmat safari doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Xizmat safarining ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir qator muassasalarda bo‘ldilar.

Delegatsiya vakillari Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan notarial idoraga tashrif buyurib, O‘zbekistonda notariat tizimi faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar hamda notarial jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

“O‘zbekistonda notariat tizimining raqamlashtirilgani va xizmatlarning fuqarolar uchun qulay tashkil etilgani e’tiborga loyiq. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilayotganini ko‘rish mumkin”, — dedi Zoltan Toth.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Shundan so‘ng delegatsiya Toshkent shahridagi Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, ularning tezkor va qulay shaklda tashkil etilishi, shuningdek, xizmatlarni elektron shaklda taqdim etish bo‘yicha joriy etilgan tizim bilan tanishdi.

“Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlarning "bir darcha" tamoyili asosida tashkil etilgani fuqarolar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Bu tizim davlat xizmatlarini zamonaviy boshqaruv modeli asosida rivojlantirishning yaxshi namunasi”, — dedi Zoltan Toth.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👏1
#xalqaro_hamkorlik

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiyaga Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Unda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tahlil qilish, tartibga solish ta’sirini baholash hamda qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

“Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash tizimi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda shakllangan institutsional yondashuv katta qiziqish uyg‘otdi”, — dedi Zoltan Toth.


Mazkur tashrif ikki davlat adliya tizimlari o‘rtasida tajriba almashish hamda huquqiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍3
“AUTO LADY” tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sirchoralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan “AUTO LADY” MChJga tegishli “AUTO LADY” tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llangan murojaat ko‘rib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida “M.D.” MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “AUTO LADY” jamlama ko'rinishdagi tovar belgisidan foydalanilganligi aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan “M.D.” MChJ mas’ullariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1😢1
Samarqandda 100 ta yangi brend loyihasi!

Samarqand viloyatida 100 ta yangi milliy brendni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan maxsus loyiha start olmoqda.
Loyiha doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
 Brend yaratish va rivojlantirish bo‘yicha treninglar;
 Brend identifikatsiyasini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalari;
 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bepul maslahatlar;
 Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot;
 Biznesingizni milliy hamda xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha yo‘riqnomalar.

👨‍💼 Tadbirda:
• Butunjahon intellektual mulk tashkiloti ekspertlari
• TURKPATENT mutaxassislari
• Xalqaro tovar belgilari uyushmasi vakillari
• Mahalliy brend egalari, dizaynerlar hamda baholovchi tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etadi.

📍Manzil: Samarqand sh., Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 63-uy, “Yoshlar Markazi” binosi
📅Sana: 24-25-mart kunlari
 Boshlanish vaqti: 09:30

 Agar siz ham o‘z brendingizni yaratmoqchi yoki rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu loyiha aynan siz uchun!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2