ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O'zbekiston–Germaniya: adliya sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Germaniya Federal Adliya vazirligi huzuridagi Xalqaro huquqiy hamkorlik jamg'armasi (IRZ) direktori Sh. Xyulshyorster boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston va Germaniya o'rtasida adliya hamda huquq sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, mamlakatimizda qonun ijodkorligi, davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda bepul yuridik yordam ko'rsatish yo'nalishlarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Lex.uz platformasining rivojlantirilishi, sun'iy intellekt asosidagi LexAI tizimining joriy etilishi hamda davlat xizmatlarini soddalashtirishga qaratilgan tashabbuslar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tomonlar IRZ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan Yevropa Ittifoqining TWINNING grant loyihasi doirasida qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha byurokratik to'siqlarni kamaytirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida adliya va huquq sohasida o'zaro tajriba almashish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda ilg'or tajribalarni joriy etish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha kelgusidagi istiqbollar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👏1
#Adliya_xabari

Namanganda PQ–1 va PQ–2 qarorlari ijrosi: mahallalarda xavfsiz muhit yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–1 va 2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi raisiga qaror doirasida Adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berdi.

Xususan, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda nizoli oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, Adliya rahbarlariga biriktirilgan mahallalardagi mavjud 137 ta nizoli oilalar bilan ishlash, shuningdek xodimlardan iborat tuzilgan mobil guruhlar tomonidan viloyatdagi barcha mahallalarni qamrab olish rejalashtirilib, oʻrganish ishlari boshlanganligi, qolaversa ularning muammolarini yechish borasida aniq mexanizmlar xususida axborot berdi.

Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va mavjudlarini tahlil qilish va oldini olish maqsadida nizoli oilalar bilan individual ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilganligi “Chorsu” mahallasi misolida taqdimot qilindi.

Oʻtkazilgan taqdimot natijasida bu boradagi tizimli ishlarni yil davomida shu tartibda olib borish va aniq va manzilli choralarni koʻrish yuzasidan Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi raisi tomonidan koʻrsatma va topshiriqlarini berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2
Xalqaro moliya markazi va tijorat sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Adliya vazirligida xalqaro hamkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

🔹Uchrashuv davomida bugungi kunda xalqaro savdo va investitsiya munosabatlarining jadal rivojlanishi nizolarni hal etishning samarali va ishonchli mexanizmlarini talab etayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan jahon amaliyotida xalqaro tijorat arbitraji hamda ingliz huquqi tamoyillariga asoslangan maxsus sud institutlari keng qo‘llanilayotgani qayd etildi.

🔹Xususan, O‘zbekistonda xalqaro biznes muhitini yanada rivojlantirish, investorlar huquqlarini samarali himoya qilish hamda xalqaro huquqiy standartlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan “Xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini ishlab chiqish hamda uning doirasida Toshkent xalqaro moliya markazi sud organi hisoblangan Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish muhim tashabbus sifatida qayd etildi.

✔️Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etish hamda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi istiqbollarni belgilab oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4👍2
Ishsizlikka qarshi tizimli yondashuv: Adliya vaziri kunlik ishchilar markazi faoliyati bilan tanishdi

Bugun adliya vaziri A.Tashkulov Prezidentning PQ–1-son qarori ijrosi doirasida “Soft-Life” xususiy bandlik agentligiga qarashli kunlik ishchilarni bir martalik ish bilan ta’minlash markazi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi — mahallalarda jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy omillarni bartaraf etish hamda xavfsiz muhitni shakllantirishdan iborat.

Shu nuqtai nazardan, ishsizlik va bandlikning tizimsizligi huquqbuzarliklarga zamin yaratuvchi asosiy omillardan biri ekanligi inobatga olinib, tashrif davomida an’anaviy “mardikor bozori”dagi holat ham alohida o‘rganildi.

Yakunda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularni qonuniy va xavfsiz ish o‘rinlari bilan ta’minlash orqali hududlardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍3🔥2