ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni (ro‘yxat raqami 1834-12, 2026-yil 4-mart) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Jumladan, endilikda tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish qog‘oz bilan birgalikda dasturiy tizim orqali elektron tarzda yuritilishi va rasmiylashtirilishi mumkin bo‘ladi.


Shuningdek, Markaziy bankning Bank tizimi maʼlumotlar omboriga bank tomonidan uzatiladigan aktiv va majburiyatlar, balansdan tashqari hisobvaraqlar va ular bilan bogʻliq shartnomalarga doir maʼlumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ma’lumotlar har bank ish kuni soat 10-00 dan, oylik taqdim etiladigan ma’lumotlar esa keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda toʻgʻri, toʻliq va oʻz vaqtida uzatilishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Umra plyus” dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan olib kelingan sayyohlar uchun mahalliy turoperatorlarimizga 100 AQSh dollar subsidiya beriladi


Adliya vazirligi “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3784, 2026-yil 4-mart) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, Malayziya va Indoneziyadan umra ziyoratiga yo‘l olgan yoki undan qaytayotgan har bir sayyoh uchun mahalliy turoperatorlarga 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

📌Subsidiya olish istagida bo‘lgan talabgorlar (turoperatorlar) Turizm qo‘mitasiga quyidagi tartibda murojaat qilishlari mumkin:

▪️Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali;
▪️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali.

Subsidiya olish uchun ariza topshirish va ularni ko‘rib chiqish bepul amalga oshiriladi.

🔖Talabgorlarning arizasi Turizm qo‘mitasi tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga 5 ish kuni ichida pul mablag‘lari o‘tkazib beriladi.

Quyidagi sayyohlar uchun subsidiya beriladi:
🔵 Malayziya yoki Indoneziyadan bo‘lishi;
🔵 Saudiya Arabistoniga umra safariga ketayotgan yoki qaytayotgan bo‘lishi;
🔵 O‘zbekistonda kamida 3 kecha tunab qolgan bo‘lishi kerak.

❗️Subsidiyalar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2026-yil 31-dekabrga qadar ajratiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Strategiya_2030

Fuqarolik jamiyati institutlariga tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi soni 30 taga yetkaziladi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3091-1, 2026-yil 4-mart).

📌Unga ko‘ra:

xorijiy davlat avtotransportlarini O'zbekistonga vaqtincha kirishida (tranzit o‘tishida) old, orqa yoki orqa yon oynalari tusini o‘zgartirganlik uchun yig‘im to‘lash bekor qilinib, faqat old yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligi uchun yig‘im to‘lanishi belgilandi;

xorijiy fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yig‘imlarni bojxona postidagi bank kassalaridan tashqari “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) yordamida onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Strategiya_2030

Sudga qadar hal etilishi mumkin boʻlgan nizolarni muqobil hal etish ulushi 20 foizga yetkaziladi. (2025-yilda 2 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya ayoli...

U oʻzidan ortib odamlarni eshitadi, muammolariga yechim beradi.

U hech qachon izlashdan, oʻrganishdan, muhokamalardan tolmaydi.

U ziyo ulashadi, katta maydonlarda bilimi, tafakkuri bilan bellashadi.

Adliya ayolning shuncha vazifalari, shuncha masʼuliyati bor. Ammo ular hamma ayollar qatori mehrga oshno, ezgulik ulashuvchi, qalbi sanʼatga oshufta oddiygina ayol.

Tuygʻularini qogʻozlarda tasvirlaydigan, gʻayratini sportda koʻrsatadigan, mehnatkash, mashaqqatni pisand etmaydigan, doimo eʼzozli adliya ayoli.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
16👍9🔥6🎉3😢2🙏2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan oilalar mustahkamligini taʼminlash, ajrimlarning oldini olish hamda nizoli holatlarni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Adliya xodimlari ko‘magida tuman va shahar mahallalarida masʼul tashkilot va idora vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5
Adliya vazirligida ayollarga hurmat va ehtirom ko'rsatildi

Bugun Adliya vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ayollarga alohida hurmat va ehtirom ko'rsatilib, ularning jamiyat hayoti hamda adliya tizimidagi fidokorona mehnati e'tirof etildi. Bayram munosabati bilan ularga esdalik sovg'alari topshirilib, ko'tarinki kayfiyat ulashildi.

Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
21👍13🔥4
🇺🇿🇹🇷Istanbulda e-notarius.uz elektron platforma imkoniyatlari namoyish qilindi

Batafsil
Батафсил

Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
3🔥3🎉1