ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Bugun, notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi. Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

🔵 Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazilib, unda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 32 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni va tanlov natijasiga ko‘ra 12 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Navoiy viloyatidan:
Yarkulov Atxam Uktamovich;

Namangan viloyatidan:
Murodullayev Ubaydullo Xabibullo o‘g‘li;
Urunbayev G‘ulomjon Mahammadjonovich;

Samarqand viloyatidan:
Abdug‘aniyev Shuxratjon Isrofilovich;
Isoqulov Shavkat Quroqboyevich;
Murtazayev Jamshid Xalimovich;
Usmonov Nodir Yakub o‘g‘li;
Yuldashev Sherzod Mardiyevich;

Sirdaryo viloyatidan:
Xolmuratov Rustam Ismadiyor o‘g‘li;

Surxondaryo viloyatidan:
Amirov Shohruh Shuxrat o‘g‘li;

Toshkent viloyatidan:
Tojiboyev Diyorjon Pardaboy o‘g‘li;

Farg‘ona viloyatidan:
Sultonov Zyovidin Ibroximovich.


🗣 Mazkur malaka imtihoni jarayonlari Adliya vazirligining YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda yozib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥2👏1
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar

O‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Toshkent shahrida joylashgan umum ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida yoshlar asl va kontrafakt mahsulotlarni farqlash yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Mas’ul tashkilotlar xodimlari uchun davra suhbati o'tkazildi
Vazirlik xodimlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida biologik faol qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Toshkent shahrida targ‘ibot va amaliy ishlar olib borildi
Toshkent shahrida vazirlik mas’ullari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga joyiga chiqqan holda o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari hamda mazkur sohada belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar tashkil etildi
Vazirlik xodimlari tomonidan Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash hamda mazkur obyektlardan foydalanishda shartnomaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir davomida bozor infratuzilmasi, savdo jarayonlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi o‘rganildi.

Tumandagi mas'ullar va bozor ma'muriyatiga bozor faoliyatini tartibga solish, savdo jarayonlarini shaffof tashkil etish va naqd pul aylanmasini nazorat qilish orqali yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to‘liq foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍63
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishchi guruh faoliyati yuzasidan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Avval xabar qilinganidek, vazirning tegishli buyrug‘i asosida tumanda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini yo‘lga qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan edi.

Uchrashuvda ishchi guruh tomonidan hududda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va bu borada namunaviy tizim yaratish bo‘yicha olib borilgan dastlabki tahliliy o‘rganishlar hamda ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.


Vazir tomonidan tumanni jinoyatlardan holi hududga aylantirish, mahallalarda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning ildiz omillarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tizimli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ishlab chiqilayotgan takliflarni amaliy mexanizmlar bilan boyitish va ularning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍71🔥1
#Strategiya_2030

Mahallalarda interaktiv kiosklar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 1 milliontaga yetkaziladi. (2025-yilda 50 000 ta).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥3
#Strategiya_2030

Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish darajasi 60 foizgacha yetkaziladi. (2025-yilda 13 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
#Adliya_xabari
#Xorazm

Mehnat bilan o‘tgan yillar – eng katta boylikdir

🔸Adliya tizimida sidqidildan halol mehnat qilib, umrini jamiyat ravnaqi va qonun ustuvorligini ta’minlashga bag‘ishlagan fidoyi xodimlar doimo e’tibor va ehtiromga munosib.

🔹Ro‘zmetov Bahrom Soliyevich hamda Panoyeva Rajabbibi Otaboyevna ana shunday fidoyi va zahmatkash xodimlardandir.

🔸So‘nggi yillarda Yangiariq tumani FHDY bo‘limi mudiri lavozimida samarali mehnat qilib kelgan R.Panoyeva hamda Hazorasp tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi B.Ro‘zmetov nafaqaga chiqishlari munosabati bilan adliya boshqarmasida tantanali kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3