ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi va Termiz tuman adliya bo'limi faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab, A.Tashkulov viloyat adliya boshqarmasi sho'balari faoliyati bilan yaqindan tanishib o'zining ko'rsatma va tavsiyalarini berdi.

Xususan, Prezidentimizning “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Termiz tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi hamda davlat xizmatlari markazining mas'ul xodimlari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan xodimlariga mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi yuzasidan tavsiyalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍54🔥3
#Adliya_xabari

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritildi

❗️Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bu esa, aholining, shu jumladan yo‘l harakati ishtirokchilarining haqli e’tirozlari va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.


Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritgan.

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17-fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishishga chiqarilgan bo‘lib, belgilangan tartibda kelishilganidan so‘ng, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4👏2🔥1
📣 Notariuslikka talabgorlarga MUHIM XABAR!

Notarius bo‘lishni rejalashtiryapsizmi? Endi buning uchun aniq belgilangan tartib va professional o‘quv kurslari mavjud!

⚡️ O‘quv kurslari qayerda va qanday o‘tkaziladi?
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (an'anaviy yoki masofaviy)
Institut bilan tuzilgan shartnomaga asosan
72 soatlik o‘quv dasturi asosida
Tinglovchilar elektron yoki yozma shakldagi ariza bilan Institutga murojaat qiladi
➡️Pochta manzil: minjusttraining@adliya.uz

👥 O‘quv jarayoni:
➡️ 25 nafardan oshmagan akademik guruhlarda olib boriladi

📜 Baholash va sertifikat:
🔸 Yakunda suhbat shaklida imtihon
🔸 100 ballik tizim asosida baholash
🔸 Kamida 56% ball to‘plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi

🎯 Agar siz notariuslik faoliyatiga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, bu kurs siz uchun muhim va majburiy bosqich hisoblanadi!

👉 Batafsil ma’lumot va yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalni kuzatib boring!

📞 +998 55 518 47 77

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Notariuslar AQShda vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

🗣 O‘zbekiston notariuslari Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turib, Vatandoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda notariat sohasida yaratilgan zamonaviy xizmatlar, onlayn videokonferensiya orqali masofadan notarial harakatlar amalga oshirish imkoniyati sifatida yangiliklar tanishtirildi.

▶️ Notariuslarimiz ishtirokida Nyu-York, Filadelfiya va Vashington shaharlarida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotlarda Kanadada yashovchi yurtdoshlar ham videokonferensiya orqali onlayn tarzda ishtirok etdi.

🔺 Shuningdek, ishonchnomalar rasmiylashtirish, turli rozilik arizalari, meros masalalari, AQShda rasmiylashtirilgan hujjatlarning O‘zbekistonda tan olinishiga doir savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔜 Uchrashuv yakunida vatandoshlar yaratilgan imkoniyat va qulayliklar uchun O‘zbekiston rahbariyati, adliya va notariat sohasi vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#Ochiq_adliya

🗣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

🗣Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=7Pej38evFos

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏1
#Adliya_xabari
#Surxondaryo

Adliya vaziri A.Tashkulov Bandixon tuman adliya bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Muloqot davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog'ida duch kelinayotgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan  o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, faoliyat samaradorligini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat, kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqot ko'nikmasini rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍9🔥2👏1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥Andijon viloyati: Fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan noreal qarzdorlik bekor qilindi.

🖥 Buxoro viloyati: 1709 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

🖥Farg'ona viloyati: Yangi O‘zbekiston yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolatlar.

🖥 Jizzax viloyati: 443 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Muborakda aholi murojaatlari sayyor tartibda o‘rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Oqdaryoda oilaviy tinchlikni ta'minlash va salbiy oqibatlarning oldini olish bilan bog‘liq tadbir o‘tkazildi.

🖥 Xorazm viloyati: Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🖥 Toshkent shahri: "Xushnud" va "Yorqinhayot" mahallalari aholisi uchun sayyor qabul hamda “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
#Prezident_qarorlari_hayotda_va_nazoratda

Namanganda nizoli oilalar va aholi muammolari hal etilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 6-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash va aholining huquqiy muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov tomonidan o‘ziga biriktirilgan 13 ta mahallada keng qamrovli sayyor qabullar o‘tkazildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1