ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“Aqlli tartibga solish” bo‘yicha xalqaro seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ), Chexiya Respublikasi vakillari, Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida “Norma ijodkorligida "aqlli tartibga solish" tamoyillari hamda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro seminarning birinchi kuni yakunlandi.

🔹Tadbirda adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Abdukadirov, GIZ vakili V. Kessler hamda OECD vakili D. Trnka ishtirok etdi.

🔹Tadbir davomida norma ijodkorligi jarayoniga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) tizimini takomillashtirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda dalillarga asoslangan, mutanosib va samarali yondashuvlarni keng qo‘llashga qaratilgan mavzular muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, seminarning birinchi kuni doirasida OECDning Public Governance Review sharhi asosida O‘zbekistonda tartibga solish islohotlari, TSTB bo‘yicha ilg‘or xalqaro amaliyotlar, mutanosiblik va chegaraviy testlar hamda Chexiya Respublikasining tajribasi muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: Mazkur seminar-trening 24-25-fevral kunlari bo'lib o'tadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍4🔥1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Xodimning huquqlari tiklanib, o'z vazifasiga qaytarilishida amaliy yordam berildi.

🖥 Fargʻona viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 106 milliondan ziyod pul mablag'i undirib berildi.

🖥 Samarqand viloyati: Soliq imtiyozi huquqiy yordam natijasida qo‘llanildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Olis hududda sayyor xizmat.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishchi guruh bilan navbatdagi uchrashuvini o’tkazdi


Xabaringiz bor, Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishchi guruh tashkil etilgan.

Bugun Adliya vaziri Akbar Tashkulov ushbu ishchi guruhning Yashnobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish hamda uni tizimli yo‘lga qo‘yishning dastlabki tahliliy ma’lumotlari va takliflari bilan tanishdi.


Jarayonda ishchi guruh a’zolariga tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida tizimli oʻrganishlar olib borish va oʻrganish natijasida ishlab chiqilayotgan takliflarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥5👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥65😢2👏1
📣Hurmatli foydalanuvchilar!

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi-www.lex.uzga kirishda ayrim uzilishlar kuzatilayotgan bo'lib, bu holat respublikaning ba’zi bir internet provayderlari tarmoqlarida yuzaga kelayotgan texnik cheklovlar bilan bog‘liq.

Tizim serverlari hamda dasturiy infratuzilmada nosozliklar aniqlanmadi. Respublika bo‘yicha aksariyat foydalanuvchilarda tizim barqaror ishlamoqda.

Hozirda Adliya vazirligi tomonidan barcha internet provayderlari bilan yuzaga kelgan texnik muammoni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikda texnik ishlar olib borilmoqda.

Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Kamchiliklar bartaraf etilganligi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim qilamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
10🔥2
#Kontrafaktsiz_oyligi

🔎Kontrafakt nusxasi eng ko‘p tarqalgan kitoblar — "TOP-5"

📚Kitob — ilm va tafakkur manbai. Ammo afsuski, ayrim nashriyotlar mualliflik huquqlariga rioya qilmasdan, mualliflar roziligisiz hamda qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuzmasdan kitoblarni chop etmoqda. Bu esa nafaqat qonunbuzarlik, balki ijod ahli mehnatiga hurmatsizlik hamdir.

Ushbu post orqali kontrafakt (noqonuniy) nusxasi eng ko‘p tarqalgan kitoblar “TOP-5” reytingi bilan tanishasiz.

‼️ Eslatma: Reyting O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquq egalari tomonidan taqdim etilgan murojaatlar asosida shakllantirildi.

📢 Mualliflik huquqiga rioya qilish — bu faqat qonun talabi emas, balki vijdon masalasidir.

Halol bozor — ongli kitobxondan boshlanadi. Kontrafaktga “yo‘q” deng, asl kitobni tanlang‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83😢1🎉1🙏1
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari tomonidan “Marjon” hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Vodiy jilosi”, “Oltin vodiy” nomli soya navlari Adliya vazirligining Seleksiya yutuqlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Soya tarkibida 45 foizgacha oqsil va 25 foizgacha o‘simlik moyi mavjud. Soya oqsili tarkibidagi aminokislotalar mutanosibligi bo‘yicha go‘sht va sut mahsulotlariga juda yaqin turadi. Shu sababli dunyo bo‘ylab uni haqli ravishda "o‘simlik go‘shti" deb atashadi. Undan nafaqat ekologik toza moy va letsitinga boy mahsulotlar, balki tibbiy qon plazmalari hamda yuqori sifatli ko‘zoynak linzalari ham olinadi. Soya nafaqat ozuqa manbai, balki dehqonchilikda tuproq unumdorligini oshiruvchi va uning holatini yaxshilovchi samarali ekinlardan biri hisoblanadi.


❗️Ma’lumot uchun: Seleksiya yutug‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadigan huquqiy jarayondir.

📌 Bu jarayon nav yaratuvchisiga mutlaq foydalanish huquqini beradi. Seleksiya yutugʻi yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31😢1
Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar kuchaytirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, hududda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan.

Bugun mazkur ishchi guruh adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiev boshchiligida Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozori hududida bo‘lib, bu yerda barpo etilayotgan Situatsion markaz qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida hududda jamoat tartibini ta’minlash, savdo jarayonlarining shaffofligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan zamonaviy nazorat va monitoring mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, noqonuniy savdo faoliyatiga chek qo‘yish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Adliya organlari tomonidan hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍4👏3🔥1
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi ta'minlanmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🖥 Namangan viloyati: "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Adliya sizni eshitadi.

🖥 Samarqand viloyati: Xotin-qizlar huquq va maanfatlarini himoya qilish mazvusida tadbir.

🖥 Sirdaryo viloyati: Adliya jamoasi uchun ilhom baxsh etgan spektakl.

🖥 Toshkent viloyati: Yettita oila jrimdan saqlab qolindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2
Adliya vazirligi mas’ullari Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

🔸Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarning mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

🔹Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸Shuningdek, adliya bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashgan holda ularga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4👍1