🔸“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish yo‘nalishida qator amaliy va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🔹 Xalqaro seminar-trening tashkil etildi
18-fevral kuni vazirlik hamda hududiy adliya organlari xodimlari uchun Schmitt & Orlov xalqaro yuridik kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Unda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajriba hamda amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
🔸 Farg‘ona viloyatida targ‘ibot va amaliy ishlar olib borildi
Hududda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Vazirlik mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlar uchun belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan “Osiyo market” supermarketi “Kontrafaktsiz savdo obyekti” deb e’tirof etilib, rahbariyatiga tegishli sertifikat topshirildi.
🔹 Bosh prokuratura xodimlari uchun seminar o‘tkazildi
20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun intellektual mulk huquqlari sohasida seminar-trening tashkil etildi. Unda vazirlik xodimlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔸Adliya organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish hamda tadbirkorlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4🔥3👏3
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan ijtimoiy tarmoqlarda muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
✅ O‘rganish davomida mazkur videoroliklardan kanal ma’muri
S. Nazarov muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 177¹-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.
📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3❤1👏1🎉1
#Adliya_xabari
Yashnobod tumanida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
📍 2026-yil 21-fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Koreya madaniyat markazida Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⌛ Tadbirda adliya organlari vakillari, turli vazirlik va idoralar mas’ullari, mahalla faollari, OAV vakillari hamda 400 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
🎭Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan “To‘da” spektakli namoyish etildi. Sahna asari orqali giyohvandlikning inson hayoti, sog‘ligi va kelajagiga salbiy ta’siri ochib berildi.
🤔 Tadbir yakunida “Quvnoqlar va zukkolаr” jamoasi hamda estrada xonandalari tomonidan badiiy chiqishlar taqdim etildi.
❗️ Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yashnobod tumanida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🎭Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan “To‘da” spektakli namoyish etildi. Sahna asari orqali giyohvandlikning inson hayoti, sog‘ligi va kelajagiga salbiy ta’siri ochib berildi.
Shuningdek,
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori B. Xodjayev
, O‘zbekiston Respublikasi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bosh mutaxassisi J. Meliquziyevlar
tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yanada oshirish, ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash kabi masalalar yuzasidan ma’ruza qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤5🔥3
#Hamdardlik
Adliya vazirligi jamoasi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich hamda uning oila a’zolari va yaqinlariga onasi — Nigarxan Kanyazovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tilaymiz.

😢44🙏36❤10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest
📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤7🔥1
Koreys biznes vakillarining intellektual mulk huquqlari himoyasi muhokama qilindi
Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Koreya Respublikasi biznes hamjamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi (birinchi kotib) Ju Xyon Su boshchiligida tashkil etildi.
Uchrashuvda GST Korea, LG Electronics Uzbekistan, KT&G Uzbekistan hamda Kim & Brothers kompaniyalari vakillari ishtirok etib, o‘z brendlarini O‘zbekistonda himoya qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish, shuningdek, kontrafakt mahsulotlarni O‘zbekiston hududiga kirib kelishini oldini olish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazdi.
Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qo‘llanilgan ta’sir choralari, statistik ko‘rsatkichlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, huquq egalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, tekshiruvlar o‘tkazish amaliyoti va bojxona organlari bilan hamkorlik mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi.
Vazirlik tomonidan koreys biznes vakillari bilan doimiy muloqot o‘rnatish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va amaldagi mexanizmlardan samarali foydalanish, shuningdek, ochiq va konstruktiv hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro axborot almashishni kuchaytirish, qo‘shma seminar va tadbirlarini tashkil etish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

❤4👍4🔥1