ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Iqtibos

Xudayor Meliyev,
adliya vaziri oʻrinbosari:

— Har kuni oʻrtacha 40-45 ming fuqarolarimiz davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanadi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmat turlari 4,5 baravarga ortib, 37 tadan 176 taga yetkazildi. Ushbu xizmatlarning 10 tasi joriy yilning 6 oyi davomida yoʻlga qoʻyildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bugungi kunda 40 millionga yaqin, joriy yilning 6 oyi davomida 5,5 milliondan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Bunyod Azizov,
Adliya vaziriligi boshqarma boshlig’i:

— Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda.
Ushbu tizim fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi.

Masalan, hozirda 3,1 milliondan ortiq faol elektron imzo mavjud boʻlib, ularning amal qilish muddati 2 yilni tashkil etadi. Mobil-ID tizimi esa, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan 24 million aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Nusratullo Parpixoʻjayev,
Adliya vazirligi boshqarma boshlig’i:

— Tugʻilganlik holati tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan foydalangan holda FHDY bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etiladi.

Bunda, fuqarolar tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish uchun FHDY bo‘imiga kelmaydi. Balki, tug‘ruqxona tomonidan bolaning tug‘ilganligi qayd qilinganligi haqida QR-kodli maʼlumotnoma beriladi va bu rasmiy hujjat hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

RICHARD BOK, Xalqaro notariuslar ittifoqining Xalqaro hamkorlik komissiyasi Prezidenti:
O‘zbekiston rekord darajada qisqa vaqtda notariat tizimini zamonaviy talabda isloh qilgan davlat hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov:

— Bugungi kunda "pro bono" doirasida advokatlar tomonidan ham bepul, beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda, yuridik sohada ta'lim beruvchi oliy ta'lim muassalari qoshida tashkil etilgan yuridik klinikalar va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ham aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Masalan, 2023-yilning birinchi yarmida 100 ming nafardan ortiq fuqarolarga “Madad” NNT tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatilgan. 2022-yilda advokatlar tomonidan 111 055 nafar fuqarolarga "pro bono" doirasida bepul beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatilgan.

Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi loyihalari ham ushbu sohaning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Adliya vaziri Akbar Toshqulov: Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Yevgeniy Kovalenko, Belarus adliya vaziri:

"Kadrlar hamma narsani hal qiladi" degan mashhur ibora adliya organlari faoliyatiga ham taalluqlidir. Adliya vazirliklari normativ-huquqiy hujjatlar va qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Bu qonunchilik va boshqa hujjatlar loyihalariga taalluqli. Demak, mamlakatlarimiz fuqarolari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari hayoti va faoliyatiga daxldor hujjatlar ustida ishlash adliya vazirliklarining muhim yuridik vazifasidir. Albatta, bu ish uchun malakali huquqshunos kadrlar zarur.

Shu yo‘nalishda MDH a’zo davlatlari o‘rtasida ham talabalar, ham mutaxassislar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Sayyor shakldagi turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, shuningdek, masofaviy aloqa vositalari, onlayn seminarlar va anjumanlar orqali tajriba almashilmoqda. Biz bir-birimizning eng istiqbolli tajribalarini o‘rganib, ularni o‘z milliy amaliyotimizga joriy etish choralarini ko‘rmoqdamiz.

_______________

Евгений Коваленко, министр юстиции Беларуси:

Фраза «Кадры решают все» — это известное высказывание. Она применима и к сфере работы органов юстиции. Министерства юстиции проводят юридическую экспертизу проектов решений. Речь идет о проектах актов законодательства и других документах. Соответственно, работа над документами, по которым предстоит жить и действовать гражданам, хозяйствующим субъектам наших стран, — это важная часть юридической работы министерств юстиции. Конечно, для этой работы нужны квалифицированные юридические кадры.

В этом направлении между странами-участниками СНГ идет обмен как учащимися, так и специалистами. Проводятся различные мероприятия выездного формата и обмен опытом с помощью средств удаленного общения, онлайн-семинары и конференции. Мы изучаем самый перспективный опыт друг друга и принимаем меры по возможному внедрению в свою национальную практику.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Akbar Toshqulov, O‘zbekiston adliya vaziri:


— Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2027-yilni Huquqiy ma’rifat yili deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan MDHga a’zo 8 ta davlat, shu jumladan Adliya vazirlari kengashi tarkibiga kirmaydigan Ozarbayjon va Qozog‘iston ham manfaatdorlik bildirdi. Bu esa Hamdo‘stlik hududida huquqiy ma’rifat sohasidagi hamkorlik o‘z chegaralarini kengaytirayotganini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, Hamdo‘stlik makonida huquqiy ma’rifat sohasidagi hamkorlik o‘z chegaralarini kengaytirmoqda.

MDH Davlat rahbarlari kengashi qarorini ijro etish maqsadida adliya vazirliklari 2027-yilda Hamdo‘stlikda Huquqiy ma’rifat yilini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlashi hamda uni MDH Hukumat rahbarlari kengashi tasdig‘iga kiritishi lozim.

Shubhasizki, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qator tadbirlarni birgalikda amalga oshirish qonunga hurmat asosida barqaror jamiyat shakllanishiga xizmat qiladi.

_____________

Акбар Ташкулов, министр юстиции Узбекистана:

— На прошедшем в Москве заседании Совета глав государств СНГ подписано решение «Об объявлении в Содружестве Независимых Государств 2027 года Годом правового просвещения».

Заинтересованность в принятии данного решения выразили 8 государств – участников СНГ, в том числе и те страны, которые не входят в состав Совета министров юстиции. Это Азербайджан и Казахстан. То есть это показывает, что сотрудничество в области правового просвещения на пространстве Содружества расширяет свои границы.

Для исполнения решения Совета глав государств СНГ министерствам юстиции предстоит подготовить проект Плана мероприятий по подготовке и проведению в Содружестве в 2027 году Года правового просвещения и внести его на утверждение Совета глав правительств СНГ.

Бесспорно, совместная реализация ряда мероприятий по повышению уровня правосознания и правовой культуры граждан будет способствовать формированию устойчивого общества, основанного на уважении закона.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Konstantin Chuychenko, Rossiya adliya vaziri:

— Fursatdan foydalanib, tadbirni ajoyib tarzda tashkil etgani va majlisda hukm surgan ishchan ruh uchun Oʻzbekiston tomoniga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Biz bir qator muhim hujjatlarni, jumladan, huquqiy yordamni takomillashtirish va adliya sohasini raqamlashtirishga oid uchta hujjatni imzoladik.

Hozirgi kunda huquqiy yordam qogʻoz hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda. Tabiiy ravishda, bu jarayon ancha vaqt talab etadi. Biroq, zamon ilgarilab bormoqda va adliya ham zamonaviy talablarga mos boʻlishi lozim. Shu sababli, oʻzaro hamkorligimizni raqamli formatga oʻtkazish masalalarni muhokama qilib, tegishli hujjatlar imzoladik.

Endi biz xat-xabarlar va soʻrovlarni elektron shaklda amalga oshiramiz. Bu, xususan, majburiy ijro sohasiga ham taalluqli boʻlib, sohamiz uchun gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi.

___________

Константин Чуйченко, министр юстиции России:

— Пользуясь случаем, благодарю узбекистанскую сторону за блестящую организацию мероприятия и за тот деловой настрой, который господствовал на заседании. Мы подписали ряд важных документов, в том числе три, посвященных совершенствованию правовой помощи и цифровизации сферы юстиции.

На сегодня правовая помощь осуществляется в так называемом документарном виде. Естественно, это занимает большой отрезок времени. Но время идет вперед, и юстиция должна идти в ногу со временем. Поэтому обсуждены и подписаны документы по переводу нашего взаимодействия в цифровой формат.

Будем осуществлять пересылку и запросы в электронном виде, в том числе это касается сферы принудительного исполнения, что также имеет первостепенное значение для нашей отрасли.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Bosh qonunimizning dastlabki moddasini uning yadrosi, asosiy maqsadi, deb bilaman. Chunki unda “Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat...” ekani mustahkamlangan. Mazkur konstitutsiyaviy norma mazmun mohiyatiga koʻra yangi sanaladi.

Mantiqan qaraganda, mamlakatning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat darajasiga erishuvi siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan strategik ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mazkur konstitutsiyaviy normaning ahamiyati bevosita “inson qadri” tom maʼnoda yuksalishi bilan bogʻliq.

Akbar Toshqulov,
adliya vaziri

❗️“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 247-sonida adliya vaziring “Konstitutsiyaviy islohotlar xalq farovonligini taʼminlash kafolatidir” nomli maqolasi chop etildi. Maqola bilan 📎havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin (2-sahifa).

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥1
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🎉1
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍42🔥1
#iqtibos
#murojaatnoma

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“FHDY sohasidagi 60 mln dan ortiq hujjatlar raqamlashtirildi va fuqarolarning oila tarkibi shakllantirildi. Endilikda davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi elektron shaklda amalga oshirilmoqda”, — A.Tashkulov.


Vazirning ta’kidlashicha, bu tizim fuqarolardan ortiqcha hujjat talab qilish amaliyotini qisqartiradi, idoralararo elektron integratsiyani kuchaytiradi hamda xizmatlarni tezkor va shaffof ko‘rsatish imkonini beradi.

Raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasi kelgusida proaktiv davlat xizmatlarini keng joriy etish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍51🔥1👏1
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“Joriy yilda tug‘ilishni qayd etish harakatini 100 foiz onlayn shaklga o‘tkazish choralarini ko‘ryapmiz. Fuqaro idorama-idora yurmaydi, barcha jarayonlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi”, — A.Tashkulov


Ta’kidlanganidek, mazkur yondashuv fuqarolar uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfini kamaytiradi. Tug‘ilish bilan bog‘liq bir qator xizmatlar – ro‘yxatga qo‘yish, nafaqa rasmiylashtirish va boshqa jarayonlar kompleks tarzda ko‘rsatiladi.

Bu esa davlat xizmatlarida “fuqaro markazda” tamoyilining amaldagi ifodasi bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52🔥1
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“Strategiyaga muvofiq, aholiga notarial xizmatlarni onlayn ko‘rsatish ulushi 30 foizga yetkaziladi. Bugungi kunda 16 turdagi notarial harakatlarni masofadan turib videokonferensiya orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud”, — A.Tashkulov


Vazirning qayd etishicha, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 38 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Natijada, notarial harakatlar uchun talab etiladigan hujjatlarning asosiy qismi idoralararo elektron almashinuv orqali olinmoqda.

Bu esa ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirib, notariat tizimini to‘liq raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“Byurokratiyani bartaraf etish” dasturini ishga tushiramiz. Davlat va aholi, davlat va biznes o‘rtasidagi ortiqcha bosqichlar qisqartiriladi. Har bir xizmat soddalashtiriladi va aniq natijaga yo‘naltiriladi”, — A.Tashkulov


Qayd etilishicha, davlat xizmatlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, takrorlanuvchi va keraksiz talablar bekor qilinadi. Litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtiriladi, ko‘plab ma’lumotnomalar talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Mazkur chora-tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay, tezkor va shaffof davlat xizmatlari ekotizimini shakllantirishga qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1