ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot jarayonida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va omillarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni barvaqt aniqlash hamda manzilli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan jinoyatchilik holatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi.


Shuningdek, yig‘ilishda mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “mahalla yettiligi” a’zolarining vazifa va funksiyalarini optimallashtirish bo‘yicha mutasaddilar tomonidan ilgari surilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Mazkur yondashuv hududlarda profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi qayd etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍3
Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblar – endi naqdsiz shaklda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlashda hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab joriy etiladi.

Tadbirda Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari N. Saidullayev, Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov, Notarial palata raisi D. Ashurov, shuningdek Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari vakillari hamda amaldagi notariuslar ishtirok etdi.


Uchrashuvda:
▪️aholiga va tadbirkorlik subyektlariga tezkor hamda sifatli xizmat ko‘rsatish,
▪️notarial idoralar va banklarning uzluksiz faoliyatini ta’minlash,
▪️hisob-kitoblarni sodda, tushunarli va xavfsiz shaklda tashkil etish,
▪️elektron axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ushbu chora-tadbirlar:

▪️hisob-kitoblarning ishonchliligini oshirish,
▪️firibgarlik holatlarining oldini olish,
▪️moliyaviy operatsiyalar shaffofligini ta’minlash,
▪️yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga xizmat qiladi.


Yakunda mas’ul idoralar tomonidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍3🔥1
Davlat boshqaruv akademiyasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Davlat boshqaruv akademiyasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rahbariyati ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov ishtirok etib, strategiyaning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi – qonun ustuvorligini ta’minlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Vazir ma’ruzasida davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish, fuqarolarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, FHDY va notariat tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq maqsad va ko‘rsatkichlar keltirildi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3
#Samarqand_viloyati
#Sayyor_qabul

📍Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov Qo'shrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumanida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov ishtirokida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirda tegishli idoralar rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

Sayyor qabul davomida 50 nafarga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish, yuridik xizmatlar, soliq imtiyozlaridan foydalanish, yer ajratish, mulk huquqi, kadastr hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarida uchrayotgan muammolar va shu kabi boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.


🔖Kelib tushgan murojaatlarning 17 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 1 ta murojaat joyida hal etildi va 30 ga yaqin murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida iqtisodiy o‘qish tashkil etildi


Bugun Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo'yicha davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni yuzasidan iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Unda Taraqqiyot strategiyasi markazining mas’ullari tomonidan vazirlik xodimlariga mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda belgilangan vazifalarning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


Tadbir davomida strategiya doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning kutilayotgan natijalari hamda davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍65