ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktidagi sharoitlar bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarining barvaqt oldini olish bo'yicha Davlat rahbarining tegishli qarori ijrosi yuzasidan I. Irgashev nomidagi 4-shahar klinik shifoxonasining mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktida bo‘ldi.


Tashrif davomida mazkur maskanda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tartib-intizomni ta’minlash, aholining xavfsizligini kuchaytirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Vazir tomonidan mutasaddilarga fuqarolar bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish, xizmat sifatini yaxshilash hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7👍6🔥2👏1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida 2-son Ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanidagi 2-son Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, “102” qisqa raqami orqali kelib tushayotgan xabarlar bilan ishlash jarayonini o‘rgandi.

Tashrif davomida murojaatlarni qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, mas’ullarga tezkor yetkazish, protsessual hujjatlarni qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, ichki ishlar bo‘limida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, murojaatchilarni qabul qilish tartibi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

Vazir tomonidan mas’ul xodimlarga murojaatlar bilan ishlashda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, har bir xabarga tezkor va sifatli munosabat bildirish, xizmat intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍76👏2
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: "Siz kelmang, o'zimiz boramiz!" shiori ostida Qo'qon shahrida tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor davlat xizmatlari o'tkazildi.

🖥 Navoiy viloyati: Shifokorlarning ustama pullari majburiy tartibda undirib berildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

🖥 Samarqand viloyati: “Ogoh bo‘ling, firibgar!” — ogohlikka chorlovchi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

🖥 Sirdaryo viloyati: Yangiyerlik fuqaro 25 yildan so‘ng uyiga qonuniy egalik huquqini qo‘lga kiritdi.

🖥 Xorazm viloyati: Fuqaroga tegishli noturar joy obyektiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas’ullari Qoraqalpog'iston Respblikasi Adliya vazirligi tizimidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

🔸Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarning mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

🔹Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸Shuningdek, adliya bo'limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashgan holda ularga yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
📌 Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan intellektual mulkdan qonunga xilof ravishda foydalanganligi sababli faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “WIPO Alert” platformasiga kiritish tartibi tasdiqlandi.

🌐 “WIPO Alert” — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti platformasi bo‘lib, unga a’zo davlatlar mualliflik huquqi buzilganligi aniqlangan veb-sayt va ilovalar haqidagi ma’lumotlarni yuklaydi.

📊 Ma’lumot uchun:
2024–2025-yillarda 128 ta veb-sayt mualliflik va turdosh huquqlar buzilgani sababli vakolatli organ tomonidan cheklangan.


🎯 Platformaning asosiy vazifasi:
— mualliflik huquqini buzgan saytlar haqida ma’lumotlarni tadbirkorlar va reklama agentliklariga yetkazish;
— “qaroqchi” saytlar orqali reklama joylashtirishning oldini olish;
— tadbirkorlik subyektlari brendi va obro‘sini himoya qilish.

Ushbu tartib intellektual mulk himoyasini kuchaytirish hamda halol raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍53
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarida notariusning asosiy tekshiruvlari nimalardan iborat va firibgarlik holatlarini oldini olish uchun qanday choralar ko'riladi?

Bu savolga Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius Fazilat XAKIMBAYEVA javob beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Xodimning uzoq vaqtdan beri hal bo'lmayotgan muammosi hal etildi.

🖥 Fargʻona viloyati: Adliyada sumalak sayli.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Qashqadaryoda yana 1 911 nafar shaxsning mulk huquqlari e'tirof etildi.

🖥 Samarqand viloyati: Davlat xizmatlari ko‘rsatishni raqamlashtirish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan islohotlar.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sirdaryoda yana 279 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi.

🖥 Toshkent shahri: KIBERFIRIBGARLIKDAN OGOHLIK - ZAMON TALABI

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍3👏1