ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Pedagoglarga har oylik ustama tayinlandi

Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagog xodimlarining har oylik ustamalar tayinlanmaganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.

Ma'lum bo'lishicha pedagog xodimlar har oylik ustama tayinlash uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Ishchi guruhga taqdim qilgan bo'lsa-da, turli bahonalar bilan ularning arizasi va ustama tayinlash uchun asos bo'luvchi hujjatlari ko'rib chiqilmasdan, har oylik ustama tayinlash ortga surib kelingan.


Adliya bo'limi tomonidan ustama tayinlash uchun asos sifatida taqdim qilingan hujjatlar o'rganib chiqilganda 14 nafar pedagog, psixolog hamda kutubxonachilar tomonidan 2024-2025-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar belgilangan mezonlarga javob berishi aniqlanib, taqdimnoma ta'sir chorasi qo'llanildi.

Taqdimnomaga asosan 35-umumiy o'rta ta'lim maktabining 14 nafar xodimlariga har oylik ustama tayinlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan xonadoniga quyosh panellari o‘rnatgan 83 nafar fuqaroga soliq imtiyozi qo‘llaniladigan bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga asosan aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbaаlari qurilmalarini oʻrnatish vazifalari belgilangan.

Dang‘ara tuman adliya bo‘limi
tomonidan quyosh paneli o‘rnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozi qo‘llanilish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra tumanda istiqomat qiluvchi 83 ta aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh panellari) o‘rnatilganligi, biroq mazkur xonadonlar o‘rganilganda ushbu fuqarolarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanilmay kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalar qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining bitta ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.


Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan 83 nafar fuqaroga soliq imtiyozini qo‘llash bo‘yicha Dang‘ara tuman Soliq inspeksiyasiga taqdimnoma kiritilishi natijasida ushbu fuqarolarga soliq imtiyozi qo‘llanilishiga erishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan MFY raislarining mehnat huquqlari tiklandi

Quvasoy shahar adliya bo'limi xodimlari tomonidan mahallarda aholi muammolarini o'rganish jarayonida ularga 31 nafar MFY raislari murojaat qilishgan.

Aniqlanishicha, ularga Oʻzbekiston Mahallari uyushmasi Quvasoy shahar bolimi tomonidan 2025-yilning oktyabr oyi ish haqi toʻlanmasdan kelingan. Ushbu masala mahalla.adliya.uz platformasi orqali adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Shundan soʻng, Quvasoy shahrida adliya boʻlimining "Huquqiy monitoring oʻtkazish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida"gi taqdimnomasi Oʻzbekiston Mahallari uyushmasi Quvasoy shahar boʻlimiga kiritildi va shahardagi 31 ta MFY raislarining jami 91 mln 333 ming so'm ish haqlari to'lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ishga tiklandi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro G.M.ning ishga tiklash masalasida yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi belgilangan muddat tugamaganligiga qaramasdan Mehnat kodeksining 158-moddasiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.

Murojaatni o‘rganish yakuni bo‘yicha ish beruvchi tomonidan chiqarilgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish, xodimni ishga tiklash, shuningdek, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha Adliya boshqarmasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi va mazkur da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirildi.

Natijada xodim ishga tiklandi va ish beruvchidan jami 30 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari undirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍21👏1🎉1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaroning 31 yillik «bosh og‘rig‘i» ga ijobiy yechim topildi

Rishton tumanining “Dasht Pandigon” mahallasida yashovchi T. A. fuqarolik masalasida huquqiy maslahat olgani manzil izlayotgan edi, uning tuman adliya bo'limiga murojaati muammo yechimini topishiga asos bo'ldi.

Gap shundaki,1988-yilda Rossiyaga ishlash uchun ketgan T. A. 1994-yilda O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, fuqarolik masalasi arosatda qoldi.

Tuman adliya bo'limi T. A. ning manfaatini ko‘zlab, O‘zbekiston hududida 1994-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Sud mazkur arizani 2025-yil 28-noyabr kuni adliya bo‘limi binosida “sayyor” tartibda ko‘rib chiqdi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, T. A. ning 1994-yildan beri O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganligi rasman tasdiqlandi va 31 yillik muammo ijobiy hal etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Sayyor qabulda 93 yoshli momoning murojaati qanoatlantirildi

Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan "Obisiyo" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabuli o'tkazildi. Qabul davomida 1933-yilda tug'ilgan, 92 yoshli Patila ona Mirzajonovaga nogironlar aravachasini olish masalasida murojaat kelib tushdi.

Murojaat o'rganilganda ushbu masala yuzasidan Patila onaning yaqin qarindoshlari va MFY mas’ullari bir yildan buyon tuman Tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlariga murojaat qilishlariga qaramay, ushbu masala paysalga solinayotganligi oydinlashdi.

Batafsil 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashgach xodimning 8 mln so‘m safar xarajatlari to‘lab berildi

Qo'shtepa tuman adliya bo'limi tomonidan safar xarajatlarini to'lanmaganidan norozi bo'lib qilingan murojaat o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, X.J. Qo'shtepa tumanidagi sport maktabida gandbol murabbiyi lavozimida ishlaydi. 2025-yil mart, may, iyun kunlarida o'quvchilarni musobaqaga olib borganligi, biroq ushbu musobaqalar uchun safar xarajatlari qoplab berilmaganligi aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova qilingan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to'g'risidagi Nizomning 13-bandiga muvofiq, xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy va ko'zda tutilgan barcha xarajatlari qoplab beriladi.


Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan X.J.ga jami 8 mln so'm safar xarjatlari to'lab berilib, xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Fuqaroga nisbatan qayta hisoblangan 23 million so'm asossiz chegirma bekor qilindi

Uchko'prik tumani adliya bo'limiga budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman bo'limi tomonidan unga nisbatan tayinlangan pensiya qayta o'rganilib, asossiz ravishda 23 million miqdorda chegirma qo'yilganligi yuzasidan fuqaro M.A. huquqiy yordam so'rab murojaat qilgan.

Adliya bo'limi tomonidan fuqaroning murojaatini o'rganish natijasiga ko'ra, pensiya bo'limining 39-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish uchun Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudiga da'vo ariza kiritilgan.

Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudining 2025-yil 19-noyabr kungi hal qiluv qarori bilan pensiya bo'limining 39-sonli qarori haqiqiy emas deb topildi hamda M.A. ga nisbatan hisoblangan chegirma bekor qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥52👍2👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Avazbek Qurbonov: 34 yil fuqarolik pasportisiz yurishga majbur bo'ldim

Toshloq tumani adliya bo'limiga tumandagi "Arabmozor" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 62 yoshli A.Qurbonov murojaat qilgan. Murojaatda keltirilishicha, 4 nafar farzandning otasi A.Qurbonov uzoq yillardan buyon pasportsiz yurgan va 34 yildan buyon O'zbekiston fuqaroligini ololmagan.

Toshloq tuman adliya bo'limi vakillarining aniqlashicha, haqiqatan ham A.Qurbonov shu paytgacha fuqarolikka ega bo'lmagan. Masʼul idoralarga bir necha marotaba qilgan murojaatiga esa rad javobini olgan.

Toshloq tuman adliya boʻlimi vakillari aralashuvi bilan sud tartibida A.Qurbonovning O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganligi fakti belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5👏4🔥1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Xotin-qizlar faollarining qonuniy manfaatlari himoya qilindi

Beshariq tumanida mahalla xotin-qizlar faollari adliyaga qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ 146-son qaroriga asosan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanishi zarur. Xonadonlar soni 1000 tadan ortiq bo'lgan mahallada — mehnatga haq to'lashda eng kam miqdorning 4,5 baravarida to'lanishi belgilangan.


Biroq Beshariq tuman xotin-qizlar bo'limining mahallardagi 20 nafar xodimlariga 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida eng kam miqdorning 4 baravarida ish haqi to'lab kelingan.

Shu sababli, tuman adliya bo'limi tomonidan tuman hokimligiga taqdimnoma kiritildi. 20 nafar xodimning ish haqlari qayta hisob-kitob qilindi va to‘lanmay qolgan jami 12 mln 710 ming so‘m ish haqlarini to‘liq to'lab berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Maxfiratxon ona JALILOVA: 85 yoshga kirsam ham umra ziyoratiga bora olmagandim

"Fuqarolik pasportim bor, lekin unda mening tug'ilganligim oyi va sanasi ko'rsatilmagan edi. Shuning uchun ham chegara punktlarida ko‘p muammolarga uchradim. Endi esa adliyachilarning ko‘magi bilan menda muborak ziyoratga bora olish imkoniyati paydo bo'ldi" -deydi Maxfiratxon ona Jalilova.

Yozyovon tumani "Cho'liguliston" MFY yashovchi 85 yoshli Maxfiratxon ona Jalilovaning murojaati yuzasidan ma'lumotlar o'rganilib, tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudiga ariza kiritildi va sudning hal qiluv qaroriga asosan Jalilova Maxfiratxonni 1940-yil 1-fevral sanasida O‘zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida tug'ilganlik fakti belgilandi.

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, onaning ushbu muammosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni ijrosi taʼminlash maqsadida mahallalarda «Huquqiy mahalla» konsepsiyasini amalga oshirish davomida aniqlangan.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5👏22
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 14 million so’mdan ortiq kompensatsiya undirildi

Bag'dod tuman adliya bo'limiga fuqaro F.A. tomonidan murojaat kelib tushgan. U tumandagi mahallalaridan birida bir necha yil davomida mahalla raisi lavozimida ishlab kelganligi, biroq yillik mehnat taʻtilidan foydalanmaganligi, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda ham foydalanilmagan yillik mehnat taʻtillari uchun pullik kompensatsiya to'lab berilmaganligidan norozi bo'lib murojaat qilgan.

Bo'lim tomonidan fuqaro F.A ning murojaati oʻrganib chiqilib, tegishli hujjatlar asosida fuqarolik ishlari bo'yicha Rishton tumanlararo sudiga fuqaro manfaatini ko'zlab da'vo arizasi kiritildi.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Bag'dod tuman boʻlimidan fuqaro foydasiga foydalanilmagan yillik mehnat taʻtillari uchun 14 378 576 soʻm miqdorida kompensatsiya undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarildi hamda fuqaroning mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43👍3🔥2
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Xodimga 39 mln so'mdan ziyod ustama pullari to'lab berildi

Qo'shtepa tuman adliya bo'limi tomonidan ustama to'lovlarini to'lanmaganidan norozi bo'lgan xodim K.O.ning murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Qo'shtepa tuman maktabgacha va maktab taʻlimi bo'limida AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo'yicha metodist lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan K.O. ga 2024-yil may oyidan boshlab to'lanishi lozim bo'lgan ustama puli to'lanmay kelingan.

Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5349-sonli farmoni 7-bo'limi g-bandida “Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas'ul bo'lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan boʻlsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi” deb ko'rsatilgan.


Yuqoridagi holatlarni inobatga olinib, adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan K.O. ga jami 39.431.999 soʻm ustam to'lovlari to'lab berilib, xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏43🔥2🎉1🙏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan xodim foydasiga 97 mln soʻm undirib berildi

Farg'ona viloyati, Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida kiritilgan da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan to'liq qanoatlantirildi.

Qisqa tafsilot shuki, Toshloq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining AKTni joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha uslubchisi lavozimida ishlovchi Sh.U.ga 2024-yil aprel oyidan buyon belgilangan tartibdagi 100 foizli ustama to'lanmagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-son Farmonining 7-bandiga koʻra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga masʼul xodimlariga lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama berilishi shart.

Adliya boʻlimi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga tayanib, ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻliq hajmda toʻlashi shartligini sudda asoslab berdi.


Natijada sud qarori bilan javobgar tashkilot zimmasiga jami 97 million so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama va pullik kompensatsiya to'lovlarini undirish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥3
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 122 milliondan ziyod pul mablag'i undirib berildi


Rishton tumani "Farovonlik" mahallasida yashovchi X.E. buzib yuborilgan savdo do‘koni uchun kompensatsiya undirishda yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat o'rganilib, fuqaroga tegishli savdo do‘koni 2019-yilda hokim qarori bilan buzib yuborilgan bo‘lsa-da, shu kunga qadar yetkazilgan zarar qoplab berilmaganligi aniqlandi.

Tuman adliya bo'limi tomonidan X.E. ga yetkazilgan 122 600 837 so‘m zararni undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritildi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra, savdo do‘koni buzilishi natijasida yetkazilgan 122 600 837 so‘m zarar javobgardan undirilishi belgilandi va fuqaroning bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammosi ijobiy hal etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Farg'ona_viloyati

❗️Davlat xizmatlari markazi faoliyati: qulay xizmatlar, tezkorlik, professionallik, xalq ishonchini qozonish

Inson qayerda va qay sharoitda yashamasin, o‘ziga qulaylik yaratishga harakat qiladi.

Davlat xizmatlari markazlari ish faoliyatining asosini ham aholiga qulay sharoit yaratish maqsadi tashkil etadi.

Markazlarda fuqarolarga yana-da yengillik yaratish, korrupsiya, byurokratiyani oldini olish, ularning madaniy, maʼnaviy hordiq olishlariga sabab bo‘ladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍54🔥8👏3🙏31🎉1
#Adliya_xabari
#Farg'ona_viloyati

❗️Farg'onada 5169 nafar fuqaroning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e’tirof etildi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 780 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi va qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar jami 5169 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Shuningdek, sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Omonovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati, shuningdek, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonun yuzasidan adliya organlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.



Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍26🔥8👏4🎉2
#Sayyor_qabul
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya - xalq orasida

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Qo‘shtepa tumanlari va Quvasoy shahrida yashovchi aholi uchun ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.

Sayyor qabullar davomida 80 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 40 ta masalaga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 23 tasi joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 17 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi. 150 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.


Shuningdek, aholi uchun bepul tibbiy ko'riklar tashkil etilib, dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥7👏21🎉1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida adliya ko'magi bilan 30 yillik mulkni rasmiylashtirishga sud tartibida huquqiy asos yaratildi

Dang'ara tumani "G'umayli" MFYda yashovchi fuqaro N.Y. ning adliya bo'limiga qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaroga tuman Shirkatlar uyushmasining 1996-yil 10-avgustdagi 217-sonli qarori bilan (30 yil avval) uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan. Kadastr organlariga qilingan bir qancha murojaatlar yer ajratish haqidagi qarorda fuqaroning ismi noto'g'ri qayd etilgani sababli besamar ketgan.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman adliya boʻlim tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudiga ariza kiritildi va joriy yil 4-fevral kuni sudda fuqaro foydasiga hal qiluv qaror chiqarishga erishildi.

Natijada sud orqali hujjatning fuqaroga tegishlilik fakti belgilandi va mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun huquqiy asos yaratildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Farg'ona_viloyati

Davlat xizmatlari markazidagi yangi qulayliklar


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥2👏1🎉1