ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔸Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Tizimda har bir boshqaruv xodimi kesimida KPI ko‘rsatkichi belgilanganligi hamda quyi tuzilmalarga tushgan holda vazifa va funksiyalar bajarilishi bo‘yicha amaliy ishlar qilinganligi sababli bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etildi. Xususan:

▪️aholining 1 mlndan ortiq muammosi hal etildi;
▪️qonunchilik hujjati loyihalari huquqiy ekspertiza muddati 7 kunni tashkil etdi;
▪️ko'rsatiladigan davlat xizmatlari turi 517 taga yoki o'tgan yilga nisbatan 108 taga ko'p joriy etildi;
▪️davlat xizmatini ko‘rsatish o‘rtacha vaqti 6 daqiqaga kamayib, 4 daqiqa bo‘ldi;
▪️huquqiy targ'ibot tadbirlari 1,5 barobarga oshib, 1 mln tani tashkil etdi;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida 415 ta hujjat namunasi tayyorlab berilib, ular asosida 10,3 mln.dan ortiq hujjat loyihasi yaratildi;
▪️Markazlar tomonidan kundalik kelib tushgan hujjat loyihalariga shu kunning o‘zida xulosa berilishi natijasida xulosa berish o‘rtacha vaqti 5 soatni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 soatga qisqardi;
▪️onlayn notarial harakatlar 4 baravarga oshib, salkam 300 ming tani tashkil etdi;
▪️3 709 ta yoki 183 foizga ko'p intellektual mulk obyekti huquqiy himoya qilindi.


🔹Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida prokuratura organlari tergov tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan barcha tezkor xodimlari, Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, respublikadagi ekspertiza muassasalari rahbarlari hamda ekspert mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–270-son qarori bilan tasdiqlangan "2025–2027-yillarda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish va raqamlashtirish" dasturida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.


O‘quv-seminar mashg‘ulotida mutaxassislar tomonidan mazkur qarorga asosan ekspertiza tayinlaydigan organlar va ekspertiza muassasalari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot tizimlari orqali ma’lumotlar almashish tartibi tinglovchilarga tushuntirildi.

Shuningdek, sud-ekspertiza muassasalari bilan elektron axborot almashishdagi hamkorlikni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi


Bugun, Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida joylashgan "Tong" mahallasida Davlatimiz Rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Jarayonda tuman IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada jadallashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida bir qator ko‘rsatmalar berildi.


Shu bilan birgalikda, mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, vazir "mahalla yettiligi" a'zolarining vazifa va funksiyalarini yanada optimallashtirish bo'yicha mutasaddilarning takliflarini tinglab, "yettilik" a'zolarining yanada samarali faoliyat yuritishi, ular o'rtasidagi vazifalar bir birini takrorlamasligi va o'zaro hamkorlik masalalarini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishi yuzasidan ko'rsatmalar berdi.



Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥21
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi


Bugun Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish hamda
uni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan Adliya vazirligi ishchi guruhi faoliyati bilan tanishdi.

Jarayonda Adliya vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolariga tahlil asosida hududda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍64🔥3