ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda

Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amaliy va ishchi uchrashuvlar haftaligi o‘z ishini boshladi.

🔹Mazkur tadbirlar doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov hamda Koreya Intellektual mulk vazirligining Intellektual mulk sohasida axborot siyosati byurosi direktori Jo Xvan Jang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlari, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Axborot 24 | Prezidentimizning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan e’lon

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
🇺🇿🤝🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya hamkorligida milliy intellektual mulk tizimini takomillashtirish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda

Bugun, Adliya vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

🔹Ochilish marosimidan so‘ng loyiha doirasida intellektual mulk sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish va tizimlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi hamda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni amaliy jihatdan muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹Koreya delegatsiyasi vakillarining tashrifi 2026-yil 26-yanvardan 3-fevralga qadar davom etib, unda ma’lumotlar xatoliklarini aniqlash va tozalash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va tovar belgilari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ishlash, shuningdek sun’iy intellektni o‘rgatish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari qamrab olinadi.

🔹Mazkur tadbirlar loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat ekspertizasi jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik va tashkiliy masalalarni kelishib olishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun: 2024-yil iyun oyida KOICA tomonidan e’lon qilingan “Mamlakatlar bo‘yicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida mazkur “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi g‘olib deb topilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️KREDITI BORLAR UCHUN YANGILIK – KREDIT OLISHDAN AVVAL BU VIDEONI KO‘RING!

Onlayn kredit olishda nimalarga e’tibor berish kerak? Firibgarlar nomingizga kredit olsa uni endi siz to‘lamaysizmi? Endi kiberfiribgarlar odamlarni aldolmaydimi? Savollarga “Sayilgoh”podkastida javob oling!


Batafsil 👉 https://youtu.be/fTGtwwiLKGU

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1🙏1
#Adliya_xabari

📣 E'LON❗️

❗️Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining 2026-yil 29–30-yanvar kunlariga rejalashtirilgan majlislari komissiya kvorumga ega bo'lmayotganligi sababli 2026-yilning 5–6-fevral kunlariga ko‘chirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaati himoya qilindi

Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limiga “HIKMATILLO HAMKOR QURILISH” MCHJ mas’ullari tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda Andijon viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati IK» DUK bilan tuzilgan shartnomaga asosan qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lsa-da, shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari 2022-yildan buyon to'lanmay kelinayotgani ma’lum qilingan.


Murojaat o‘rganilib, adliya bo‘limi tomonidan MCHJ manfaatlarini ko‘zlab Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud ishni ko‘rib chiqib, da’vo talablarini qanoatlantirdi hamda javobgardan MCHJ foydasiga 422 709 394 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish haqida hal qiluv qarori chiqardi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏61
#Аdliya_хаbari

❗️"DEKRET" TA’TILI VA "DEKRET" HUQUQLARI
mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi


Unda, mutaxassis tomonidan homiladorlik va tug‘ruq ta’tillari (dekret) olish va nafaqalar tayinlash tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

👉 Batafsil videoda: https://www.youtube.com/watch?v=-IfO0SCUOr4

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1